Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:28

Indoneziyada koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining klinik sinovlari boshlandi


Bu suratning Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinaga aloqasi yo‘q.
Bu suratning Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinaga aloqasi yo‘q.

Seshanba kuni Indoneziyada koronavirusga qarshi Xitoyda tayyorlangan vaksinani odamlarda sinash jarayoni boshlandi. Xabarlarga ko‘ra, 6 oyga cho‘ziladigan sinovda 1 600 nafar ko‘ngilli qatnashadi.

Xitoyning Sinovac Biotech shirkati ishlab chiqqan CoronaVac vaksinasi uchinchi, yakuniy sinov bosqichiga yetgan bir necha vaksinaning biridir.

CoronaVac vaksinasi allaqachon 9 ming nafar braziliyalik tibbiyot xodimi orasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Braziliya koronavirus yuqtirib olganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Aholisi soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turuvchi Indoneziyada bugunga qadar 127 mingdan oshiq odamga koronavirus yuqdi, ularning 5 700 nafari nobud bo‘ldi. Ammo mamlakatda test o‘tkazish ko‘lami cheklangan bo‘lgani uchun bu ko‘rsatkichlar aslida ancha yuqori ekanligi aytilmoqda.

Vaksinaning klinik sinovida qatnashayotgan ko‘ngillilar orasida Indoneziyaning G‘arbiy Yava oroli hokimi ham bor.
Mamlakat rasmiylari vaksina xavfsiz va samarali deb topilsa, uning 250 million dozasi ishlab chiqarilishini e’lon qilishdi. Indoneziya aholisi soni 270 millionga yaqindir.

Seshanba kuni Indoneziya prezidenti Joko Vidodo vaksinani ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan Bio Farma shirkatining Bandung shahridagi zavodiga bordi.

Safari oldidan prezident:
- COVID-19 tahdidi Indoneziyaning butun aholisi emlanmagunicha yo‘q bo‘lmasligini yana takrorlamoqchiman, - degan.

Seshanba kuni Rossiya ham inson organizmida koronavirusga qarshi davomli immunitet keltirib chiqaruvchi jahondagi ilk vaksinani ishlab chiqqanini e’lon qilgan edi. Ammo ko‘pchilik mutaxassislar Rossiya vaksinasi samarasiga ishonchsizlik bildirmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, jahon bo‘ylab olimlar 165 ta vaktsina loyihasi ustida ishlamoqda. Ularning oltitasi sinovlarning so‘nggi bosqichiga etgan.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bugunga qadar jahon bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20,8 milliondan oshdi, ularning 750 mingga yaqini nobud bo‘ldi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG