Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2020, Тошкент вақти: 17:28

Qamchiq dovonida yuk mashinalarini taroziga tortish boshlanishi bilan korrupsiyalashgani aytilmoqda(VIDEO)


Tog‘li hududdan o‘tuvchi Qamchiq dovonida tog‘ va yer ko‘chish ehtimoli kuchli bo‘lgani bois¸ bu dovondan o‘tadigan yuk mashinalari vazni va gabaritiga cheklov o‘rnatilgan.

O‘tgan oydan Farg‘ona vodiysini Toshkent va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi 373-avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi ikki nuqtasida yuk transport vositalari vaznini o‘lchovchi "aqlli tarozi"lar ishga tushdi.

Toshkent viloyatining Angren shahri va Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan nazorat punktlarida yuk transporti vazni maxsus yo‘lakdan o‘tish paytida tekshirilmoqda.

Belgilangan normadan ortiq yuk ortgan mashinalar¸ rasmiylar iddaosicha¸ortga qaytarilmoqda yoki yuki olib qo‘yilmoqda.

Keyingi kunlarda o‘zbekistonlik yuk tashuvchi haydovchilardan kelgan qator videolarda bu tarozilarning ularni nazorat qiluvchi mulozimlar uchun noqonuniy daromad manbaiga aylangani aytiladi.

Haydovchilar iddaosicha¸ ruxsat etilganidan ikki-uch baravar yuk ortgan mashinalar¸ qorong‘i tushgandan keyin nazoratchilarga pora berish evaziga dovonda bemalol harakatlanmoqda va bu strategik yo‘ldagi yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy xatar tug‘dirmoqda.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatilgan cheklovga ko‘ra¸ Qamchiq dovonidan avtotransport vositasida bitta yetaklovchi o‘qqa 11,5 tonnadan ortiq yuk olib o‘tish taqiqlangan. Undan ortig‘ini olib o‘tishga urinishg uchun ¸ qonunchilikda 3¸5 million so‘mgacha jarima belgilangan.

Haydovchilar guvohlik beradi...

Ozodlikka 20 avgust kuni ketma-ket yuborilgan video mualliflari Qamchiq dovoni orqali yuk tashuvchi oddiy haydovchilardir.

Ular 17-19 avgust kunlari bu dovonda o‘zlari guvoh bo‘lgan jarayon - taqiqqa qaramay¸ 200 tonnagacha yuk ortgan mashinalarning bemalol o‘tib-qaytayotganini videotasvirga olgan.

Men bir narsaga hayronman. Perevaldagi tarozini nimaga qurdiyu¸ nima sababdan yana peregruz mashinalarni pulini olib-olib o‘tkazvoryapti. Men shuni tushunmayapman”¸ deydi Ozodlikka kelgan videolardan biri muallifi bo‘lgan haydovchi.

Qamchiq dovoniga qo‘yilgan tarozi tomon harakatlanayotgan bu haydovchi yo‘l bo‘yida turgan yuk mashinalarini ko‘rsatib¸ ularning qorong‘i tushishini kutib turgani va kechqurun ularning nazoratchilarga porasini berib¸ dovonga kirishini iddao qiladi.

Қамчиқ довонига кириш йўли ва тарозидан ўтиш
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:18 0:00

Qamchiq dovonidan tushib kelayotgan boshqa haydovchi esa¸ yo‘l chetida to‘xtab¸ dovondan o‘tgan mashinaning vazniga e’tibor qaratadi.

Ana terminator¸ yo‘lbuzar. Pritsepiyam bor¸ 200 tonna. Obshiy ves¸ 230 tonna”¸ deb izoh beradi.

Йўлбузар-терминатор довонга киряпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:29 0:00

O‘zi Qamchiq dovonida guvoh bo‘lgan nihoyatda og‘ir vaznli yuk mashinalarini tasvirga olgan uchinchi haydovchi esa¸ bunday “peregruz” tarozini nazorat qilayotganlar cho‘ntagini to‘ldirayotganini aytadi.

Йўл четидаги машиналарнинг ҳаммасига бир неча баравар кўп юк ортилган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:40 0:00

Aksariyati¸ Qamchiq dovonidan qatnovchi yuk mashinasi haydovchilarining bir-biriga videogurungi shaklida bo‘lgan bu tasvirlarning yana birida¸ yo‘l chetidagi juda ko‘p yuk ortgan mashinalar ko‘rsatilib¸ ularning “kechasi haydashi” aytiladi. Bu izohdan ham¸ ortiqcha vaznli yuk mashinalarining taroziga chap berish uchun nazoratchilarga pora berishi tushuniladi.

Қоронғи тушишини кутаëтган перегруз машиналар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:28 0:00

Ozodlikka kelgan yana bir videodan¸ Qamchiq dovonidan o‘tuvchi yuk mashinalariga nima uchun vazn cheklovi o‘rnatilgani tushuniladi.

Qamchiq dovonidan tushib kelayotgan mashinani orqasidan tasvirga olgan haydovchi¸ “kamida 80 tonna yuki bor” mashinaning 3 km. tezlikda tushayotgani va uning ortida mashinalar karvoni hosil bo‘lganini aytadi.

"Тормоз тутмай қолса¸ даҳшатни кўрасиз!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:31 0:00

Haydovchi izohidan¸ buncha og‘ir vaznli mashinaning tog‘dan tushishida tormozi ishlamay qolishi ortidan dahshatli avariya sodir bo‘lish ehtimoli kuchayishi¸ yo‘llarning buzilib ketishi tushuniladi.

Taqdim etilgan videolardan birida tog‘ yo‘lidan tushayotib¸ vazni og‘irligidan to‘xtay olmay poyezdga borib urilgan yuk mashinaning yo‘l chetida turgani ko‘rsatiladi.

Qamchiq dovoni 16 avgust kuni sodir bo‘lgan avariyaga¸ nihoyatda og‘ir yuk ortgan mashina haydovchisining uni to‘xtata olmay qolgani sabab bo‘lgan.
Qamchiq dovoni 16 avgust kuni sodir bo‘lgan avariyaga¸ nihoyatda og‘ir yuk ortgan mashina haydovchisining uni to‘xtata olmay qolgani sabab bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 16 avgust kuni Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 185-kilometrida kechki soat 6 larda yuk avtomobili harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgani haqida xabar berdi.

Ozodlik gaplashgan haydovchilarga ko‘ra¸ bu avariyaga aynan mashinaning Qamchiq dovoniga ruxsat etilganidan bir necha baravar yuk bilan qo‘yilgani sabab bo‘lgan.

Qamchiq dovonidan qancha yuk bilan o‘tish mumkin?

2017 yil 1 iyuldan kuchga kirgan tartibga ko‘ra¸ O‘zbekiston hukumati Qamchiq dovoni orqali bitta yetaklovchi o‘qqa 11,5 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan yuk avtomobillari bilan yuk olib o‘tishni taqiqlagan.

Bundan ortiq vazndagi yuk bilan Qamchiq dovoni va boshqa sun’iy inshootlardan o‘tishi uchun qonunchilikda maxsus normalar belgilangan. Unga ko‘ra¸ cheklovdan ortiq yuk ortishga maxsus ruxsatnoma berilgan taqdirda¸ bunday transport vositasiga maxsus ogohlantirish belgisi yopishtirilishi¸ ular harakatlanayotganida yo‘lda boshqa transport vositalari bo‘lmasligi va tezligi soatiga 10 km. dan oshmasligi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-sonli qaroriga asosan¸ O‘zbekiston magistral yo‘llarida transport vositalari orqali tashiladigan yuk hajmiga ham cheklov o‘rnatilgan.

Unga ko‘ra¸ avtotransport vositasi ikki o‘qli bo‘lganda 18 tonna¸ uch o‘qli bo‘lganda 26 tonna¸ to‘rt o‘qli 32 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk bilan harakakatlanishi mumkin. Mingashmali va tirgakli avtopoyezdlar uch o‘qli bo‘lganda 28 tonna¸ 4 o‘qli bo‘lganda 36 tonna¸ 5 o‘qli 40 tonna¸ olti va undan ortiq bo‘lsa¸ 44 tonnagacha harakatlanishi mumkin.

Bundan ortiq yuk ortgan avtotransport vositalari haydovchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning “Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish” haqidagi 125-moddasining 1-bandiga asosan ma’muriy jarima belgilangan.

Belgilangan normadan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish, bazaviy hisoblash miqdorining ( hozirda 238 610 so‘m ) ning 10 baravaridan (2 386 100 so‘m) o‘n besh baravari miqdorigacha(3 579 180 so‘m) jarima solish yoki haydovchilik guvohnomasining 6 oygacha olib qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

Agar yo‘lga nihoyatda og‘ir yuk bilan chiqib¸ boshqalar umrini xavfga qo‘yganlarni bir-ikki marta shunaqa shtrafga tortsa¸ ham yo‘ldagi xavfsizlik yaxshilanardi¸ ham davlatga jarima puli tushardi. Ana undan keyin dinozavr haydovchilar ham normaga tushardi. Lekin buning o‘rniga ular shtrafning uchdan birini tarozi nazoratchilari¸ o‘sha joyda turgan melisalarga berib¸ 200 tonna yuk bilan ham bemalol Qamchiqdan o‘tib-qaytyapti”¸ deydi Ozodlikka bog‘langan haydovchilardan biri.

Ozodlik bu videolardan ayrimlarini¸ unda ko‘tarilgan muammoga munosabat bildirish uchun 20 avgust kuni Transport vazirligi matbuot xizmatiga taqdim etdi.

Vazirlik mulozimi Qamchiq dovoniga kirishda o‘rnatilgan tarozilarni o‘z tizimidagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi nazorat qilishini bildirdi.

Na vazirlik va na uning huzuridagi bu qo‘mita 20-21 avgust kunlari haydovchilar bergan ma’lumot va bildirilgan xavotirlarga biror shaklda izoh berdi.

XS
SM
MD
LG