Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:40

Istanbuldagi tungi klubga hujum qilgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 1368 yilga qamaldi


Abdulqodir Masharipov 2017 yilning 17 yanvarida qo‘lga olingan edi.
Abdulqodir Masharipov 2017 yilning 17 yanvarida qo‘lga olingan edi.

Istanbuldagi Reina tungi klubida 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi terror hujumi sodir etgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 7 sentabr kuni Turkiya sudi hukmi bilan 40 marotaba umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Uning mazkur hukmga asosan jazo muddati 1368 yil qilib belgilandi.

Masharipov bilan birga yana 48 kishi "terror guruhiga a’zolik"da aybdor deb topilib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrrum etildi. Ayni paytda sud terrorga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan 11 kishini oqladi.

Turk matbuotining yozishicha, sud hukumida Abdulqodir Masharipov “Konstitutsiyaga tahdid qilish” va 39 kishini, jumladan, politsiyachi Burak Yildizni “qasddan o‘ldirish”da aybdor deb topildi.

Bundan tashqari Masharipov “odam o‘ldirishga harakat qilish” va “ruxsatnomaga ega bo‘lmay turib qurol olib yurish” moddalari asosida ham aybdor deb topildi va 375 ming turk lirasi miqdorida jarimaga tortildi.

Sud Masharipovdan tashqari yana terrorchilikda ayblangan 48 kishiga nisbatan ham hukm o‘qidi.

Masharipovning qonuniy nikohdagi xotini Zarina Masharipova, “Abu Jihod” tahallusiga ega bo‘lgan Yasir Muhammad Salom Radaun va yana 12 kishi “terror tashkilotiga a’zo bo‘lganlik”da aybli deb topildi hamda har biri 12 yildanga qamaldi.

Yana uch sudlanuvchi, jumladan, Masharipov bilan bir xonadonda yashagan Tene Traor 7 yil 6 oyga, yana 23 kishining har biri 6 yil 3 oydanga ozodlikdan mahrum qilindi. Ularning barchasi “terror tashkiloti a’zosi” sifatida aybdor deb topildi.

Sudlanuvchi Jalil Chelik “terror tashkilotiga a’zo bo‘lish” va “ruxsatsiz qurol olib yurish” ayblovi bilan 16 yil 3 oyga kesildi.

Bundan tashqari sud yana 7 kishining har birini terror tashkiloti a’zosi sifatida 9 yildanga qamadi.

Sud Masharipov bilan birga sudlanayotgan Irfan Tashkanning ishini alohida ajratib ko‘rib chiqish to‘g‘risida ajrim chiqardi. U bilan birga yana 16 kishi sudlanadi.

Sud bir ayblanuvchini oqladi va sud zalidan ozod qildi. Bundan tashqari sud Chelil Chelik va Zarina Kazanlayeva ismli shaxslarni qamoqqa olish haqida hukm chiqardi.

Turk matbuotining yozishicha, sud hukmi bilan jami 11 sudlanuvchi oqlandi.

Istanbuldagi Reina tungi klubida 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi terror hujumi sodir etilgan va 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan edi.

Hujum uchun mas’uliyatni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Hujumni amalga oshirganlikda ayblanib Istanbulda o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov qo‘lga olingandi.

Joriy yilning 1 va 2 sentabrlarida ham Turkiyaning Istanbul¸ Adana¸ G‘oziantep va Xatay kabi shaharlarida xavfsizlik kuchlari tarafidan o‘tkazilgan maxsus amaliyot paytida kamida yigirmaga yaqin o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aytildi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG