Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 06:34

Sardoba toshqinida uyini yo‘qotganlar Toshkentga arz qilib bordi. Militsiya ularni "mashinaga tiqib" Sirdaryo viloyat IIBga yubordi(VIDEO)


Sardoba suv toshqinida zarar ko‘rgan oilalarga hukumat 40 million so‘mdan yordam puli ajratgan.
Sardoba suv toshqinida zarar ko‘rgan oilalarga hukumat 40 million so‘mdan yordam puli ajratgan.

Sirdaryo viloyat, Sardoba tumani, Do‘stlik mahallasida yashaydigan o‘n ayol va erkak 17 sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga beshinchi marta arz qilib bordi.

Arzchilarning Ozodlikka aytishicha, ularni hech kim qabul qilmagan va organ xodimlari tazyig‘ida yana Sirdaryoga jo‘natib yuborilgan.

Sardoba tumani hokimi Abduazim Xidirov Ozodlik qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

Уйини сел ювган сардобаликлар Вазирлар Маҳкамасидан мажбуран Сирдарёга олиб кетилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:19 0:00

Sardoba tumanidan Vazirlar Mahkamasiga shikoyat qilib borgan arzchilar Ozodlik bilan 17 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.50da bog‘landi. Ulardan biri o‘sha daqiqalarda organ xodimlari tomonidan majburan mashinalarga o‘tqazilayotganini aytarkan bunday dedi:

“Mana yana hech kim dardimizga quloq solmadi. Hozir militsiya xodimlari bizni majburlab mashinalarga o‘tirg‘izib yana qaytarib yuborishmoqda”.

Bu gaplarni aytgan Sardoba tumanining Do‘stlik mahallasida yashaydigan Umida Qarshiboyevaga ko‘ra, u o‘g‘lining sel yuvib ketgan uyi uchun hech qanday yordam ololmaganidan keyin beshinchi marta arz qilib kelgan:

Prezident va’da qilgan 40 million so‘m kompensatsiyani ham bermayapti.

- Selda uchastkam, besh xonali uyim butunlay vayron bo‘ldi. Kadastr ham bor, boshqa hujjatlari ham bor, ta’mirlab ham bermayapti, prezident va’da qilgan 40 million so‘m kompensatsiyani ham bermayapti. Bolalarimni shu uchastkamda pomidor bodring ekib tirikchilik qilar edim. Endi hech narsasiz qoldik.

Yana bir arzchi, Sardoba tumanining Do‘stlik mahallasida yashaydigan Oysara Isroilova ham hukumatdan yordam ololmaganini aytadi:

Milisalar majbur qildi, ketishga bo‘lmasa ketmas edik.

- O‘g‘lim fevral oyida ikki xonali uy qurib endi kirgan edi. Endi kadastr qilamiz deganda sel kelib, oqizib ketdi. Uch farzandi bor, 40 million so‘mlik kompensatsiya berilmayapti. Biz bugun Abdulla Aripov qabul qilishini talab qildik, lekin yana viloyatdan mulozimlarni chaqirtirib, qaytarib yuboryapti. Shu paytgcha muammomizni hal qilmagan mahalliy mulozimlar bu safar ham hal qilib berishiga ishonmayman. Milisalar majbur qildi, ketishga bo‘lmasa ketmas edik. Agar hal bo‘lmasa oltinchi marta yana kelamiz.

Toshkentga arz qilib borib, ortiga qaytarilgan sardobaliklar Ozodlik bilan 17 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19 da yana bog‘landi.

Umida Qarshiboyevaning aytishicha, ular Toshkentdan Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga olib kelingan:

Endi o‘zlaringdan ko‘ringlar, bir so‘m ham pul yo‘q sizlarga, deb hammamizni haqoratlab, chiqib ketdi.

- Bu yerda bizning oldimizga viloyat hokimi o‘rinbosari Anvar Karimov keldi. Aytdiki, kecha men Toshkentga borib qaytinglar, 40 million so‘mni to‘lab beraman deganimda, kelmadilaring. Endi o‘zlaringdan ko‘ringlar, bir so‘m ham pul yo‘q sizlarga, deb hammamizni haqoratlab, chiqib ketdi. Toshkentga boramiz, viloyatdan odam chaqirishadi, hal qilib beramiz deydi, kelganimizdan so‘ng, hech narsa yo‘q deydi. Besh oydan beri besh marta bordik, har safar ahvol shu".

Sirdaryo viloyat hokimligi mulozimi Ozodlikka Anvar Karimov hokimlikda emasligi bois u bilan bog‘lanish mumkin emasligini aytdi.

Sardoba tuman hokimi Abduazim Xidirov Ozodlik qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

Arzchilarning aytishlaricha, ular O‘zbekiston Bosh vaziri Abudlla Aripovning qabuliga kirish uchun oltinchi yurishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

XS
SM
MD
LG