Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:57

"O‘zekspomarkaz"dagi COVID shifoxonalariga bir kunda 6000 dan oshiq tibbiyot xodimi ish so‘rab bordi (VIDEO)


Joriy yil iyulidan boshlab "O‘zekspomarkaz" Toshkentdagi eng yirik COVID-19 taqsimot markaziga aylangan.
Joriy yil iyulidan boshlab "O‘zekspomarkaz" Toshkentdagi eng yirik COVID-19 taqsimot markaziga aylangan.

21 - oktabr kuni minglab tibbiyot xodimi Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “O‘zekspomarkaz”dagi COVID-19 bemorlari bilan ishlash uchun ariza topshirishga keldi.

Ish so‘rab kelganlarning Ozodlikka aytishicha¸ chorshanba kechqurunga borib norasmiy navbatga yozilganlar soni 6000 dan oshgan.

Bir kunda “O‘zekspomarkaz”ga buncha tibbiyotchining to‘planishiga esa har oyning 21-kunida COVID-19 markazlarida ishlayotgan vrach¸ hamshira va sanitarkalar almashadi va ular o‘rniga yangilari qabul qilinadi¸ degan norasmiy ma’lumot sabab bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Ozodlik gaplashgan mulozimlari¸ bu voqeadan bexabarliklari¸ saralash markazlariga ishga olish bilan bu markazlarga mas’ul boshqa vazirlik va tizimlar shug‘ullanishini aytish bilan cheklandi.

“O‘zekspomarkaz”dagi to‘polon

Toshkentdagi koronavirusga chalingan bemorlarni taqsimlash markazida ishlovchilar har 21 kunda almashib¸ ular o‘rniga yangilari olinadi¸ degan norasmiy xabarlar bu talabgorlarning “O‘zekspomarkaz” kabi taqsimot hududlariga yopirilib kelishiga sabab bo‘ldi.

Shifokorlar, hamshiralar va kichik tibbiyot xodimlarini har oyning 21 - kuni bir oylik ishga qabul qilishadi¸ xohlovchilar falon-falon telefon raqamiga murojaat qilsin¸ degan yozuvlar tarqadi. Ayrim mahalliy nashrlar e’lon ham berdi bu haqda. Berilgan telefonlarga uch kunlab telefon qilib tusholmaganimizdan keyin¸ tavakkal qilib 21 - oktabr ertalab eng kattasi shu deb¸ “O‘zekspomarkaz”ga keldik”¸ dedi toshkentlik hamshiralardan biri.

Bu va “O‘zekspomarkaz”ga ish istagida borgan boshqa tibbiyotchining Ozodlikka aytishicha¸ 21 - oktabr kuni to‘planganlardan deyarli birortasini hech kim qabul qilmagan.

Kun davomida odam judayam ko‘payib ketdi. Keyin to‘planganlarning o‘zlari kimdan keyin kimligini aniqlash uchun ro‘yxat tuzishni boshladi. Kechga borib ro‘yxatga yozilganlarning 6000 dan oshganini o‘zim ko‘rdim. Kechqurun bo‘lgandan keyin ham ko‘pchilik tarqalishni xohlamadi¸ odamlar markaz yaqinida mashinalarda uxladi”.

Suhbatdoshlarga ko‘ra¸ 22 - oktabr kuni ishga talabgorlarga biror ma’lumot berilmagandan keyin shovqin-suron¸ norozilik bildirish boshlangan.

Ozodlikka kelgan videolarda “O‘zekspomarkaz” oldida yuzlab odamning ijtimoiy masofa saqlamagan holda to‘plangani aks etgan.

UzExpo марказидаги тиббиёт ходимлари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00

G‘ala-g‘ovur boshlangandan keyin Milliy gvardiya va harbiy formadagilar to‘planganlarga maxsus avtobusga solib olib ketish¸ qamab qo‘yish bilan tahdid qildi. Markaz oldiga avtobus ham keldi. Lekin ichkaridan bitta vrach chiqib¸ tarqalinglar¸ ertaga kelinglar¸ deb odamlarni tinchlantirdi. Bu vrach 45 yoshdan oshganlarni¸ Toshkentda propiskasi yo‘qlarni ishga olmaymiz. Koronavirus bemoriga qaray oladi¸ degan sertifikati borlargina kelsin. Ishga kirish uchun talab qilinadigan narsalar ro‘yxatini darvozaga soat 5 dan keyin osamiz¸ dedi. Shu ishni kecha qilishsa bo‘lmasmidi¸ minglab odamni sarson qilmasdan. Shuncha odam ertaga yana qaytib keladi”¸ deydi hamshiralardan biri.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Ozodlik gaplashgan mulozimlari “O‘zekspomarkaz”da yuzaga chiqqan to‘polondan bexabarliklarini bildirdi.

U yerda ikkita markaz bor¸ ikkalasi ham bizga qaramaydi. IIV va Mudofaa vazirligi mas’ul. Ishga olishga ham vazirlikning aloqasi yo‘q. Vazirlar Mahkamasining 24 -sentabr kungi qarorida COVID-19 bemorlariga qarayotgan vrach¸ hamshira va kichik tibbiyot xodimlarini har 21 kun yoki har oyda almashtirish aytilmagan. Ular xohlasa doimiy tartibda ishlayveradi. Har 21 kunda yangi smenaga ishga olinadi¸ degan ma’lumot asossiz”¸ dedi vazirlik mulozimlaridan biri.

COVID-19 markazlarida ishlash sertifikati

Koronavirus bemorlariga xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga o‘rtacha maoshdan bir necha baravar ko‘p oylik¸ qolaversa¸ mukofot puli to‘lanishi haqidagi prezident va hukumat qarorlaridan so‘ng¸ Ozodlik gaplashgan vrach va hamshiralarga ko‘ra¸ bu ishga talabgorlar soni keskin oshgan.

Ayni paytda¸ mehnat bozoridagi talab va ehtiyojni muvozanatga solish chorasi sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlariga "COVID-19 bemorlariga qarash malakasi bor"¸ degan mazmunda maxsus sertifikat berish tizimini yo‘lga qo‘ygan.

Ozodlik gaplashgan tibbiyot xodimlariga ko‘ra¸ bu jarayon boshlanib ulgurmay¸ korrupsiyalashgan.

Sertifikat berish jarayoni srazu korrupsion sxemaga aylandi. Vrach yoki hamshira SSV tasdiqlagan davolash protokolini bir soat ichida sinchiklab o‘rganishi mumkin. Bular hozir Toshkentdagi vrachlar malakasini oshirish instituti yoki viloyatlardagi Meditsina institutlaridagi malaka oshirish bo‘limlarida uch kunlik o‘qishlar tashkil qilishdi. Uch kun o‘qigandan keyin yozma va og‘zaki imtihon olishadi. Birinchi imtihondan o‘tolmasa¸ ikkinchisini pul to‘lab topshiradi. Narxi 200 ming so‘m. Sertifikat olish ham pul va tanish-bilishchilik bo‘lib qoldi. COVID markazlari shunaqa sertifikati bo‘lmasa¸ ishga olmaydigan bo‘lib qoldi. Chunki ayni kunlarda oylik faqat koronavirus bilan ishlayotganlarga berilyapti”¸ deydi Ozodlik gaplashgan vrachlardan biri.

21-22 - oktabr kunlari "O‘zekspomarkaz"dagi COVID-19 markaziga ishga kirish uchun ariza topshirishga navbat kutganlardan biri ham Ozodlikka bu jarayonga pul va tanish-bilish aralashgani to‘planganlar noroziligiga sabab bo‘lganini aytdi:

"Videolarga qarasangiz¸ to‘planganlarning ko‘pchiligi erkaklar. Men medbratman¸ lekin bir necha oydan beri ishsizman. Oilamni nima bilan boqaman? Bular tanish-bilish yoki poraga o‘zinikilarni orqa eshikdan ishga olyapti. Bizga ham loaqal bir-ikki oy ishlashga imkon berishsin. Ertaga yana qaytib kelaman. Nechta odamni olishlarini ko‘ramiz".

COVID-markazga aylantirilgan “O‘zekspomarkaz” va boshqa "markaz"lar

O‘zbekiston¸ xususan¸ Toshkentda koronavirusga chalingani gumonlanganlar soni keskin ko‘payishi ortidan poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz»¸ gimnastika saroyi¸ «Yoshlik» sport majmuasi va «Atlas» mebellar markazi kabi majmualar joriy yil yozida COVID-19 bemorlari uchun taqsimot markazlari sifatida qayta jihozlandi.

Avvaliga bu markazlarda ishlashni istovchi vrach va hamshiralar soni u qadar ko‘p bo‘lmasa¸ Vazirlar Mahkamasining 24 - sentabr kungi qaroridan so‘ng talabgorlar soni keskin ko‘paydi.

Bu qarorga ko‘ra¸ COVID-19 bemorlari bilan ishlovchi vrachlarga oyiga 25 million so‘m¸ hamshira-laborantlarga 15 million so‘m¸ provizor-farmatsevt xodimlarga 10 million so‘m¸ dezinfektor va kichik tibbiyot xodimlariga 8 million so‘m to‘lanadigan bo‘ldi.

Koronavirusga bevosita aloqasi yo‘q tibbiyotchilar o‘rtacha oyligidan qariyb 10 baravar ko‘p bo‘lgan bu maosh va’dasi COVID-19 markazida ishlashga talabgor vrach¸ hamshira va sanitarkalar soni keskin oshishiga sabab bo‘ldi.

Hukumatning 4 - avgust kungi 461-sonli qaroriga ko‘ra, “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonida tashkil etilgan 814 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga; “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 3 - va 4-son pavilyonida tashkil etilgan 1000 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona esa¸ Toshkent shahar hokimligiga biriktirilgan. "O‘zekspomarkaz"dagi vaqtinchalik kasalxonalarda qancha tibbiyot xodimi ishlashi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Toshkentdagi saralash va taqsimlash markazlarida¸ SSVga ko‘ra¸ jami 3 084 ta bemor uchun o‘rin tashkil qilingan.

XS
SM
MD
LG