Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:15

Lukashenko iste’fo talabini rad etishi ortidan Tixanovskaya ommaviy ish tashlashga chaqirdi


25 - oktabr kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida rasmiylarning ogohlantirishlariga qaramasdan, 100 mingdan ziyod odam ishtirok etdi
25 - oktabr kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida rasmiylarning ogohlantirishlariga qaramasdan, 100 mingdan ziyod odam ishtirok etdi

Belarusь muxolifati 26 - oktabrni mamlakatda siyosiy talablar bilan umummilliy ish tashlashning birinchi kuni, deb e’lon qildi. Muxolifat ilgari surgan talablarning eng asosiysi Aleksandr Lukashenkoning prezidentlikdan ketishidir.

Prezidentlikka sobiq nomzod, muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya ikki hafta muqaddam Lukashenkoga “xalq ultimatumi”ni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, Lukashenko 25 - oktyabrgacha hokimiyatdan ketishi haqida e’lon qilishi kerak edi.

Lukashenko esa bu talablarni bajarish o‘rniga namoyishlarga qarshi keskin chora ko‘rishda davom etdi. Shu sababdan Tixanovskaya umummilliy ish tashlashni boshlashga chorladi.

25 - oktabr kuni Minsk va boshqa shaharlarda politsiya minglab namoyishchilarni tarqatish uchun shovqinli granata va rezina o‘qlarni ishga soldi, kamida 280 nafar namoyishchini qo‘lga oldi.

Belarusda 9 - avgust kuni o‘tgan prezidentlik saylovida mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Lukashenko g‘olib bo‘lgani e’lon qilinishi ortidan norozilik namoyishlari boshlanib ketgandi.

Muxolifat ovoz berish natijalari soxtalashtirilganini aytib, uni tan olishdan bosh tortib keladi. Saylov ortidan muxolifat nomzodi Tixanovskaya oilasiga tahdidlar tufayli Belarusni tark etgan.


AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Kanada Lukashenkoni prezident sifatida tan olmasligini bildirdi.

Saylov natijalari soxtalashtirilishi va namoyishlar bostirilishiga aloqador o‘nlab amaldorlarga qarshi sanksiya joriy qilindi.

Tixanovskaya Belarus xalqini yo‘llarni to‘sish, korxonalarni yopish, davlat xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatish va bank hisoblaridan bor pullarini chiqarib olishga chaqirmoqda.

Lukashenko esa «bolalarni kim boqadi?» deya ish tashlash tahdidini jiddiy qabul qilmadi.

25 - oktabrь kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida rasmiylarning ogohlantirishlariga qaramasdan, 100 mingdan ziyod odam ishtirok etdi.

Xabarlarga ko‘ra, namoyishlar ortidan mobil internet o‘chirilgan, 12 ta metro bekatlari yopilgan.

Bundan oldingi namoyishlar chog‘ida ham axborot tarqalishiga to‘sqinlik qilish maqsadida shunga o‘xshash choralar ko‘rilgan.

Xabarlarga ko‘ra, 26 - oktabr kuni ertalab Belarusdagi qator yirik sanoat korxonalarida ishchilarning norozilik aksiyalari boshlanib ketgan.

Mamlakatdagi yirik korxonalarning qanchasida ish to‘xtagani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Rasmiylar ularning barchasi “odatdagi tartibda ishlashda davom etayotgani”ni iddao qilmoqda.

Biroq Minsk va boshqa shaharlardagi qator zavodlarda ishchilar yo‘laklarda to‘planganlari yoki ish tashlash chaqirig‘i bilan yurish uyushtirganlari xabar qilinadi.

Muxolifat Telegram kanallari va mustaqil ommaviy axborot vositalari faollar so‘zlariga tayangan holda, ish tashlashda qator korxonalarda xodimlarning yo‘q deganda bir qismi ishtirok etayotgani haqida xabar qilmoqda.

Bu orada bir necha norozilik aksiyasi tarqatilganiga oid xabarlar ham olindi. Huquq faollari ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni Belarusda qo‘lga olinganlar soni 100 nafardan oshib ketgan.

Muxolifat Lukashenkoning iste’fosi bilan bir qatorda militsiya zo‘ravonligi to‘xtalishi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etilishi hamda yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda.

XS
SM
MD
LG