Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2020, Тошкент вақти: 04:15

AQSh Davlat kotibi Pompeo prezident saylovi haqidagi sharhlari uchun keskin tanqidga uchradi


AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Davlat departamentidagi brifing chog‘ida - 2 - sentabr, 2020

AQSh Davlat kotibi mamlakatning eng yuqori lavozimli diplomati bo‘lib, undan demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash kutiladi.

Shu sababdan Mayk Pompeoning sobiq prezident Jo Bayden AQSh prezident saylovida g‘olib chiqqaniga shubha bildirgani xavotir va g‘azabga sabab bo‘ldi.

10 - noyabr kuni jurnalistlar oldida so‘zlagan Pompeoga Davlat departamenti milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish uchun Bayden bilan hamkorlik qilayotgani yoki yo‘qligi haqida savol berildi.

Ushbu savolga javoban Pompeo «ikkinchi Tramp ma’muriyatiga o‘tishni kutayotganini» aytdi.

Prezident Donald Tramp shu yil 3 - noyabrda bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini tan olishdan bosh tortmoqda.

Америкаликлар Байден ғалабасини нишонлаш учун Таймс майдонига йиғилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:02 0:00

Tramp kampaniyasi hech bir isbot-dalilsiz saylov natijalari soxtalashtirilganini iddao qilib, bir necha shtatda sudga murojaat qildi.

Pompeo Trampning dalil-isbotsiz saylov natijalari soxtalashtirilganini iddao qilayotgani Amerika boshqa mamlakatlardagi saylovlar haqida fikr bildirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi qarashlarni «ahmoqona» deya ta’rifladi. Shu bilan birga, u Tramp saylovda g‘olib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqidagi iddaosini takrorladi.

Pompeo AQShning konservativ radio boshlovchisi Toni Perkinsga bergan intervyusida:

«Bizning dushmanlarimiz tayyor ekanligimizni bilishlari kerak. Biz ishlashda davom etyapmiz, yanvar oyigacha, oxirigacha ishlaymiz. 20 - yanvar kuni bizda o‘tish bo‘ladi – Tramp ma’muriyatiga, bugun aytganimdek, ikkinchi Tramp ma’muriyatiga bo‘ladimi, sobiq vitse-prezident Bayden boshchiligidagi ma’muriyatga bo‘ladimi», - dedi.

Pompeo o‘sha kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Bayden jamoasini xorij yetakchilari bilan muloqot qilmaslik haqida ogohlantirdi. Xususan, diplomat alohida shaxslarga AQSh nomidan xorijiy siyosat olib borishni man etuvchi Logan qonuniga to‘xtalib o‘tdi.

Tramp ma’muriyati saylov natijalarini tan olishdan bosh tortayotgani uchun xorijiy davlatlar Baydenni odatdagidek Davlat departamenti orqali emas, balki boshqa kanallar orqali qutlamoqda.

AQSh Vakillar palatasi a’zosi Mark Takano Pompeo sharhlaridan hayratga tushdi.

«Davlat kotibi Pompeoning vazifasi chet eldagi avtoritar xatti-harakatlarga e’tibor qaratishdir. Ammo uning bugungi sharhlari bizning demokratik jarayonimizni mazax qildi», deb yozdi Takano Twitterda.

Bayden saylov natijalari soxtalashtirilganini ko‘rsatuvchi dalil yo‘qligini aytib, Pompeo iddaolarini rad etdi. U shuningdek, Tramp mag‘lubiyatni tan olmayotgani «sharmandalik» ekanligini ta’kidladi.

Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Eliot Engel bayonnoma e’lon qilib, Pompeo «saylovlarning qonuniyligiga qarshi asossiz va xavfli hujumlar bilan o‘ynashmasligi kerakligini» aytdi.

Xorijiy aloqalar kengashi prezidenti Richard Xaas esa, Pompeo sharhlari hazillashadigan narsa emasligini aytdi.

Xaas Twitterda «Boshqa bir sharoitda, boshqa dunyoda, boshqa bir paytda @SecPompeoning ikkinchi Tramp ma’muriyatiga o‘tish haqidagi izohi kulgili bo‘lishi mumkin edi. Ammo ushbu kontekstda, bu dunyoda, hozirgi vaqtda emas. Bizning demokratiyamiz va mavqeimiz katta tahdid ostida», deb yozdi.

XS
SM
MD
LG