Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:26

Rossiyada migrantlarning vaqtinchalik yashash muddati 2021 - yil yozigacha uzaytirildi


Pandemiya avj olayotgan Rossiyada 6 million muhojir qolmoqda
Pandemiya avj olayotgan Rossiyada 6 million muhojir qolmoqda

Rossiyadagi migrantlar uchun registratsiyalar muddati 2021 - yilning 16 - iyunigacha uzaytirildi. Rossiya prezidenti e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, viza, vaqtinchalik yashash va doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar muddatlari ham uzaytirildi.

Migratsiya mutaxassislari yangi o‘zgartishlarni “patent to‘lovlari bekor qilindi” deb qabul qilmaslikni so‘ramoqda.

Joriy yilning 15 - dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 791-sonli farmoni e’lon qilindi

Unda Rossiyadagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfi bilan bog‘liq huquqiy holatini nazorat qilish bo‘yicha vaqtinchalik choralar to‘g‘risida yangi ko‘rsatmalar berildi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 - yilning 15 - martidan keyin muddati tugagan va IIB bazasida bo‘lgan barcha registratsiyalar, RVP (vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi), VNJ (doimiy yashash guvohnomasi) va vizalar muddati 2021 - yilning 15 - iyunigacha uzaytirildi.

Lekin bu Rossiya bilan doimiy transport aloqasi mavjud (chegarasi ochiq) davlatlar fuqarolari va u yerda doimiy yashash huquqiga (VNJ) ega grajdanlarga tegishli emas.

Hozirda Rossiya bilan chegarasi ochiq davlatlar va u yerda VNJ ga ega fuqarolarning 15 - martdan keyin tugagan registratsiya, RVP, VNJ va vizalari muddati 2021 - yil 15 - martgacha uzaytirildi.

Hozirgi paytda bu davlatlar qatoriga Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Misr, BAA, Tanzaniya, Shveysariya, Serbiya, Janubiy Koreya, Kuba, Maldiv orollari, Efiopiya, Yaponiya va Seyshel orollari kiradi.

Чегаралари ёпилган Россияда ишчи муҳожирлар етишмовчилиги сезилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:37 0:00

Yangi tartibda aytilishicha, yana biror davlat bilan chegara ochilsa, o‘sha davlat fuqarolari va u yerda VNJ ga ega fuqarolarning yuqorida aytilgan hujjatlari muddati chegara ochilgan kundan 90 kunga uzaytiriladi.

Yurist Botirjon Shermuhammad o‘zining internet sahifasida misol uchun, 10 yanvarda O‘zbekiston bilan chegara ochilsa, O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda VNJ si bor fuqarolarning Rossiyadagi registratsiya, RVP, VNJ va vizalari muddati 12 - aprelgacha uzaytirilgan hisoblanadi, deydi.

Shuningdek, 2020 - yil 15 - mart holatiga haqiqiy bo‘lgan Vatandoshlarni ko‘chirish davlat dasturi (Gosudarstvennaya programma pereseleniya sootechestvennikov) guvohnomalari muddati 2020 - yil 15 - martgacha uzaytirilgani aytildi.

Rossiya hukumati xorijliklarni faqat sud orqali badarg‘a qilish (vыdvorenie) tizimini saqlab qoldi. Putin nomidan e’lon qilingan yangi qoidalarda migrantlarga 2021 - yil 15 - iyunigacha kirib kelayotganida migratsiya kartasida nima yozilganidan qat’iy nazar (“o‘qishga”, “davolanishga”, “sayyoh” va bosh.) patent olish mumkinligi ham alohida ta’kidlandi.

"Tong jahoni" Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti direktori, 1996 - yildan beri migratsiya sohasida tadqiqot olib boruvchi huquqshunos Valentina Chupik ayrim yurtdoshlar “yangi qoidada ishga ruxsatnoma - patent to‘lovlari bekor qilindi”, deb xato tushunibdi, deydi:

- 2020 - yil 17 - dekabrida prezidentning shu yil aprelda pandemiya boshlanganida qabul qilgan 274-chi sonli farmoniga o‘zgartish kiritildi. Patent to‘g‘risidagi tarqayotgan gap-so‘zlar noto‘g‘ri. Patent to‘lanmaydi yoki rasmiylashtirish to‘xtatiladi degan gap yolg‘on. Patent tulovlari tulanishi shart! Kirib kelish maqsadidan qat’iy nazar 2021 - yilning 15 - iyuniga qadar patent rasmiylashtirishingiz mumkin. Faqat Rossiyaga qonunan kirib kelishingiz shart.

Agar “davolanishga” deb kirib kelib, 3 kundan keyin patentga hujjat topshirsangiz, sizga patentmas, jinoiy ish rasmiylashtirilishi mumkin. Iltimos qilaman, “davolanishga” deb soxta hujjat bilan va Belorussiya orqali kirib kelmang - bu jinoyat! Sizga bir umrga Rossiyaga kirish yopilishi mumkin, qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

2020 - yil martida Rossiya koronavirus infeksiyasiga qarshi karantin cheklovlarini joriy qilgan va xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan edi. Iyul oyida bir nechta xorijliklar toifasiga kirishga ruxsat berilgan.

2020 - yilda Moskvada mehnat muhojirlari soni taqriban 40 foizga qisqarganini bundan oldinroq Moskva shahar hokimi Sergey Sobyanin e’lon qilgani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgandi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, bugunda mamlakatda 6 millionga yaqin migrant yashab kelmoqda. O‘tgan yili shu paytda ular soni 11 milliondan ortiq edi.

XS
SM
MD
LG