Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:50

Allaqulov uyi yo‘lagida bosqinga uchradi - undan partiya ijaraga olgan idorani bo‘shatib qo‘yish so‘raldi


‌“Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌partiyasi‌ ‌yetakchisi, professor‌ ‌Xidirnazar‌ ‌Allaqulov‌
‌“Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌partiyasi‌ ‌yetakchisi, professor‌ ‌Xidirnazar‌ ‌Allaqulov‌

O‘zbekistonda‌ ‌yangi‌ ‌ta’sis‌ ‌etilgan‌ ‌“Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌partiyasi‌ ‌yetakchisi, professor‌ ‌Xidirnazar‌ ‌Allaqulov‌ uyiga bir guruh shaxslar bosqin uyushtirdi.

X. Allaqulovga ko‘ra, 20ga yaqin noma’lum shaxslar professordan siyosiy faoliyatini to‘xtatish, Yunusobod 17 - mavzeda partiya uchun ijaraga olingan idorani bo‘shatib qo‘yishni talab qilgan.

31 - mart kuni partiya faollari ushbu idora binosi yonida hujumga uchragan, kaltaklangan va partiyaga tegishli jihozlar sindirib tashlangan edi. Bir necha faol jarohatlangan.

Allaqulovning aytishicha, shunga qaramay, yangi partiya uchun imzolarni yig‘ish jarayoni davom etmoqda va partiya rahbarlari 7 - aprel kuni Adliya vazirligiga hujjatlarni topshirishni rejalamoqda.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, yangi partiya Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tish uchun 20 ming imzo to‘plashi shart. X. Allaqulov, 1996 - yilda qabul qilingan bu qonunda elektron imzo tilga olinmagani uchun, Rossiyada u yetakchi partiyaga tarafdorlar elektron imzolari qabul qilinishi rad etilganini ham bildirdi.


X. Allaqulovning aytishicha, 31 - mart oqshom soat 8 lar atrofida 20 ga yaqin odam u yashab turgan uyga bosqin uyushtirgan:

- Ko‘p qavatli uydagi podyezdimizga 20 ga yaqin odam bostirib kirib, 40 daqiqadan ortiq menga baqirib, haqorat qilib, tuhmatlar qilib, uyimga kirgizmadi. Partiya uchun qonuni asosda ijraga olingan va puli to‘langan ofisni bo‘shatib qo‘yishni talab qilishdi.

X. Allaqulovga ko‘ra, 20 ga yaqin odam professordan siyosiy faoliyatini to‘xtatish, Yunusobod 17 - mavzeda partiya uchun ijaraga olingan idorani bo‘shatib qo‘yishni talab qildi.

Allaqulov uni uyiga kiritmagan shaxslarning aksari o‘zini tanishtirmagani, faqat bir shaxs, partiyaga shartnoma asosida ijaraga bergan bino egasi idorani tark etishni talab qilganini aytdi.

- Shartnoma shartlariga binoan, biz bu ofisni yana 20 kun ishlatishga haqlimiz, shuning uchun uni ijaraga bergan egasiga sudga murojaat qilishini aytdim. Biz ham sudga murojaat qilamiz, dedim, - deydi Allaqulov.

Bu bosqinda professor Allaqulovning hodisani videoga olishga uringan yaqinlari ham noma’lum ayollar tajovuziga uchragani kuzatildi.

Shu tariqa, professor Allaqulov 40 daqiqadan ortiq uyi yo‘lagida baqir-chaqir qilib, uni haqoratlayotgan shaxslar qurshovida qolib ketdi.

U bir amallab uyiga kirganidan so‘ng ham, bosqinchilar uyining uyi ostdagi yo‘lakda bir muddat qolgan va mahallada yashovchilarga professorning siyosiy faoliyatidan norozi ekanliklarini aytib, shikoyat qilganlar.

31 - mart kuni partiya faollari ushbu idora binosi yonida hujumga uchragan, kaltaklangan va partiyaga tegishli jihozlar sindirib tashlangan edi. Bir necha faol jarohatlangan.

30‌ - ‌mart‌ ‌kuni‌ esa ‌faollar‌ ‌ayni‌ ‌hududga‌ ‌kelgan‌ ‌bir‌ ‌guruh‌ ‌lo‘lilar‌ ‌hujumiga‌ ‌uchraganliklarini‌ ‌aytishgan.‌ ‌Ular‌ ‌ba’zi‌ ‌faollarning‌ ‌avtomobillariga‌ ‌hujum‌ ‌qilishgan.‌ ‌

Allaqulovning aytishicha, shunga qaramay, yangi partiya uchun imzolarni yig‘ish jarayoni davom etmoqda va partiya rahbarlari 7 - aprel kuni Adliya vazirligiga hujjatlarni topshirishni rejalamoqda.

O‘zbekistonda 1996 - yilda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga binoan, yangi partiya Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tish uchun 20 ming imzo to‘plashi shart.

Bundan tashqari, partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.

X. Allaqulov viloyatlar bo‘ylab faollar imzo yig‘ayotgani va qarshiliklarga qaramasdan 7 - aprelgacha qonunchilikda belgilangan miqdordagi imzo yig‘ilishiga ishonchi komil ekanini aytmoqda.

Professor mamlakatdagi saylov qonunchiligi ro‘yxatdan o‘tishga urinayotgan yangi partiyalar oldiga qator to‘siqlarni qo‘yishini ta’kidladi va bunga misol tariqasida elektron imzo masalasini ko‘tardi:

- Rossiyadagi mehnat muhojirlari bizning partiyaga qo‘shilish istagida. Ular o‘z elektron imzosini berishga tayyor. Lekin Adliya vazirligi, 1996 - yildagi qonunda elektron imzoni qabul qilish masalasi ko‘rsatilmagan, deb rad qilyapti. Vaholanki, O‘zbekistonda elektron imzo amalda. Ammo, 1996 - yilda bunaqa tushunchaning o‘zi bo‘lmagani uchun, eskirgan qonunda yo‘q. Avvalgi totalitar rejimda tuzilgan bu qonun allaqachon yangilanishi kerak edi!

Termiz universitetining sobiq rektori yetakchiligida tuzilgan ‌“Haqiqat‌ ‌va‌ ‌Taraqqiyot”‌ ‌sotsial-dekmokratik partiyasi shu yil oktabrida kutilayotgan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishini aytgan.

Mirziyoyev davri saylovlari “Yangi O‘zbekiston yangi saylovlar” shiori ostida o‘tadi. Ammo yangi tashkil etilayotgan muxolifat partiyasiga hujumlar, faollar nazarida ko‘proq eski O‘zbekistonni yodga solmoqda.

Amaldagi saylov qonunchiligining asosiy bandlari ham eski - unga binoan prezidentlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalardan ilgari suriladi.

O‘zbekiston parlamentidagi mavjud beshta partiyaning hammasi hukumatparast partiyalardir.

Prezident Mirziyoyev xorijdagi o‘zbek muxolifatining vatanga qaytishiga qarshi ekani, muxolifat mamlakat ichkarisidan chiqishi kerakligini aytgan. Ammo o‘tgan 4 yilda hukumat bironta ham yangi siyosiy partiyani ro‘yxatga olmagan.

XS
SM
MD
LG