Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:28

Amnesty International: O‘zbekiston va boshqa davlatlar pandemiyada so‘z erkinligini chekladi


Toshkentdagi nazorat-o‘tish nuqtasi. 23 - iyul, 2020
Toshkentdagi nazorat-o‘tish nuqtasi. 23 - iyul, 2020

Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkiloti pandemiya dunyoda so‘z erkinligiga qanday ta’sir etganiga doir hisobotini e’lon qildi.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarda hokimiyat yuzaga kelgan vaziyatdan so‘z erkinligini cheklashda va koronavirusga qarshi qo‘llanayotgan chora-tadbirlar tanqid qilinishini to‘xtatishda foydalanmoqda.

Amnesty International guruhi ayniqsa Belarus, Braziliya, Vengriya, Misr, Eron, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya, Serbiya, AQSh, O‘zbekiston, Fransiya, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Afrika hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini qattiq tanqid qilgan.

O‘zbekistonda aholi o‘rtasida vahima ko‘tarishi va davlatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotni tarqatganlik uchun jazo ko‘zda tutilgan qonunlar pandemiyadan oldin ham amal qilardi. Biroq aynan koronavirus tarqalgan davrda qonunchilikdagi jazo choralari kuchaytirildi – endilikda bunday ma’lumotlarni tarqatganlik uchun besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etishlari mumkin.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati mazkur qonunlardan mamlakatda kasallik tarqalishining haqiqiy ko‘lamiga va sog‘liqni saqlash tizimining ahvoliga doir ma’lumotlarni yashirish uchun foydalangan.

Amnesty International ilmiy va ishonchli ma’lumotlarni olish imkoniyatining cheklanganligi, shuningdek siyosiy ziddiyatlar fitna nazariyalarining keng tarqalishiga, oqibatda esa odamlarning emlanish, niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash va boshqa ehtiyot choralariga rioya qilishdan bosh tortishiga olib kelganini qayd etgan.

U yoki bu vaksinaning samaradorligi haqidagi bahslar mamlakatlar o‘rtasidagi geosiyosiy kurashda qurol o‘rnida qo‘llangan. Bularning bari ko‘plab davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimiga katta yuk tushishiga ta’sir etgan, minglab o‘limlarga sabab bo‘lgan, shuningdek jamiyatning OAVlar hamda hukumatga ishonchini zaiflashtirgan.

Hisobotda urg‘ulanishicha, ayrim mamlakatlarda hukumat pandemiyadan axborot maydonini tanqidlar, siyosiy muxolifat va mustaqil OAVlardan tozalash uchun bahona sifatida foydalangan. Insonlar hayotini xavfga qo‘yishiga qaramay, siyosiy maqsadlarni ko‘zlab so‘z erkinligini cheklash, pandemiya haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish, shuningdek asossiz cheklov choralari joriy etish hollari tobora ko‘proq kuzatilmoqda, deb yozadi mualliflar.

Amnesty International tadqiqotchilarining ishonishicha, qabul qilingan chora-tadbirlardan ba’zilari – yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlarda hanuz davom etayotgan inson huquqlarini cheklashga qaratilgan katta kampaniyaning bir qismidir.

Xitoyda, - deb yozadi Amnesty International,- so‘z va matbuot erkinligining cheklanishi koronavirusga qarshi kurashga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 2019 - yil dekabrdayoq shifokorlar va ayrim jurnalistlar shu paytgacha noma’lum bo‘lgan yangi kasallik haqida so‘zlab berishga chog‘langanlar, ammo Xitoy hukumati zarur ehtiyot choralarni ko‘rmagan, aksincha, kasallik haqida jamoatchilikka xabar berishga uringani uchun ularni ta’qibga olgan.

Jamoat xavfsizligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus haqida ochiq gapirgan odamlarga qarshi 2020 - yil fevral oyining o‘zida “ma’lumotlarni soxtalashtirish va qasddan yolg‘on axborot tarqatish” moddasi bilan 5,5 mingdan ziyod jinoyat ishlari ochilgan. Shuningdek, hukumat koronavirusga doir ma’lumotlarni bloklash yordamida tsenzura qilish usulidan keng foydalangan.

Huquqbonlar ta’kidlashicha, Rossiyada qasddan yolg‘on ma’lumot tarqatganlik va sanitariya-epidemiologiya me’yorlarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinib, ular asosan siyosiy faollar hamda muxolifatchilarga qarshi tatbiq etilmoqda. Buning yorqin misoli – 2021 - yilning qishida bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik chiqishlaridan so‘ng Rossiyaning bir necha mintaqasida muxolifatchi Aleksey Navalniy safdoshlari va tarafdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan “sanitariya ishlari”dir.

Пандемия йили: Коронавирус, карантин ва коррупция
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:49 0:00

Mazkur ishlar bo‘yicha sudlanganlarning aksariyati tergov izolyatorlarida saqlangan (ayrimlari u erdagi sharoit sanitariya talablariga zid bo‘lgani tufayli koronavirus yuqtirib oldi) va keyinchalik ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan. Bundan tashqari, butun Rossiya bo‘ylab kasalxonalarda tibbiyot jihozlari va shaxsiy himoya vositalari yetishmasligi to‘g‘risida gapirgan shifokorlar va tibbiyotchilarning kasaba uyushmalari a’zolari ham ma’muriy bosim va tazyiqlarga uchragan.

XS
SM
MD
LG