Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:24

Andijon qirg‘iniga 6 yil bo‘ldi


Ctokholmda avvalgi yillari ham Andijon voqeasi qurbonlari xotirasi yodlangan edi.
Ctokholmda avvalgi yillari ham Andijon voqeasi qurbonlari xotirasi yodlangan edi.
Andijon qirg‘inining 6 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston "Erk" demokratik partiyasi Evropa bo‘limi Stokholm markazida namoyish o‘tkazadi.

-Namoyishchilar ayni paytda plakatlarni tayorlashmoqda. Andijonda bundan 6 yil oldin Karimov askarlari tinch xalqqa o‘q otib qirganini unutishga haqqimiz yo‘q ,- deydi Shvyesiyadagi Erk faoli Go‘zal Sherikboy qizi.

Andijon qirg‘ini guvohlari harbiylar namoyishchilarga qarata o‘q otganini hamon dahshat bilan eslaydilar.
Suhbatdosh namoyishda O‘zbekiston xalq harakati, unga birlashgan barcha siyosiy kuchlar, Shvyesiyadagi o‘zbek jamoatchiligi va barcha xayrixohlar ishtirok etishini bildirdi.

- Shvyesiya poytaxti Stokholmning markaziy maydoni hisoblanmish Rigstag oldidagi maydonda namoyish o‘tkazish uchun shvyed hukumatining ruxsati olingan, - dedi "Erk" faoli.

Bundan 6 yil muqaddam 2005 yilning 13 may juma kuni Andijondagi Bobur maydoniga to‘plangan tinch namoyishchilar hukumat tarafidan o‘qqa tutilgan edi.

O‘sha kuni hukumat o‘qidan nobud bo‘lgan tinch namoyishchilar vakili¸ sobiq siyosiy maxbus Sharifjon Shokirov Ozodlik muxbiriga sabr kosa to‘lgani boisandijonliklar namoyishga chiqishganini aytgan edi.

Huquq faollariga ko‘ra, Andijonda kamida 500 kishi nobud bo‘lgan.
Toshkent hukumati 6 yil muqaddam Andijonda yuz bergan qirg‘inda 187 kishi o‘lganini bildirgan. Inson huquqlari tashkilotlari hisobicha Andijon voqeasida 500dan 1000 nafargacha odam o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.

2005 yil Bobur maydonidagi qirg‘in guvohi o‘zbek askarlarining beshfaqtalarcha go‘daklar va ayollarni bir bir qirganini hanuz unuta olmaydi:

- Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, qo‘lidagi avtomatini o‘qi tugaguncha otdi, -deydi voqea guvohi.

6 yil muqaddam Andijonda ro‘y bergan qirg‘indan keyin Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga jazo sanksiyalarini joriy qildi, ammo sal o‘tmay bu choralarning aksariyati bekor qilindi.

Adolat qaror topishini istagan 13 may guvohlari oradan 6 yil o‘tib O‘zbekiston xalq harakatini tuzib Germaniyada qurultoy o‘tkazishga hozirlik ko‘rishmoqda.
XS
SM
MD
LG