Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:42

USCIRF: O‘zbekistonda diniy erkinliklar doirasi torayib bormoqda


Toshkent yaqinidagi masjid. 4-avgust, 2018. Illyustrativ surat.
Toshkent yaqinidagi masjid. 4-avgust, 2018. Illyustrativ surat.

AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi vakillari 2-9-aprel kunlari O‘zbekistonga safar qildi. Komissiya vakillari mamlakatda davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari va faollar bilan uchrashdi.

Komissiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng uning mamlakatda diniy erkinliklar bo‘yicha hisoboti e’lon qilindi. Tadqiqot xulosalari “O‘zbekistonning diniy va siyosiy mahkumlari: repressiya asorati muhokamasi” deb ataladi.

Hisobotda komissiya eksperti, Kaliforniya universiteti professori Stiv Sverdlov hamda komissiya vakillarining kuzatuvlari tilga olinadi.

Hisobot “O‘zbekistonda vijdon, e’tiqod erkinligi va qamoqxona tizimiga bog‘liq bunday fundamental masalalar uzoq vaqtdan beri O‘zbekiston huquq himoyachilari, AQSh hukumati, Yevropa Ittifoqi va BMT organlari uchun tashvish uyg‘otadigan inson huquqlari sohasidagi muammolar ro‘yxatinining tepasida kelmoqda” deb boshlanadi.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, Islom Karimovning 27 yillik qattiqqo‘l boshqaruvi davrida diniy erkinliklar masalasini batafsil o‘rganish deyarli mumkin emas edi.

Keng ko‘lamli tadqiqot
AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) homiyligida o‘tkazilgan mazkur tadqiqotlarni professor Stiv Sverdlov olib borgan. 113 tadan ortiq batafsil suhbatlar va keng ko‘lamli tadqiqotlar asosida o‘tkazilgan bir yillik o‘rganish natijasi 76 betdan iborat xulosada jam bo‘lgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati 2000 dan ortiq oddiy dindorlarni hanuz qamoqda saqlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mualliflarga ko‘ra, O‘zbekiston diniy mahbuslari “konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga urinish”, “taqiqlangan adabiyotlarni saqlash yoki tarqatish, yoki taqiqlangan guruhlarga a’zolik”da ayblanib qamoqqqa olingan.

“Jinoyat qonunchiligidagi moddalar shunchalik noaniq va kengki, ular O‘zbekistonning inson huquqlari va din erkinligi sohasidagi shartli xalqaro majburiyatlarini buzmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning diniy mahbuslari, jumladan, ushbu hisobotda batafsil bayon etilgan 81 nafar tashvish uyg‘otayotgan alohida diniy mahbuslarning tutib turilishiga oid ishonchli dalillar yo‘q”, deyiladi hisobotda.

Mirziyoyev diniy erkinlikni yaxshiladi, ammo...
Hisobotga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev 2016-yildan buyon bir qator islohotlarni, jumladan, diniy va siyosiy mahbuslarning ayrim toifalarini ozod qilishni va 20 000 dan ortiq mustaqil musulmonlarni va ularning qarindoshlarini gumon qilinayotgan ehtimolli diniy “ekstremistlar”ning sharmandali “qora ro‘yxatlari”dan chiqarishni boshlagan.

Стив Свердлов: Мирзиëев ислоҳотлари давомли бўлиши керак
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:40 0:00

Bugungi kunda Mirziyoyev hukumati 65 nafardan ziyod yuqori martabali siyosiy mahbuslarni va diniy mahbuslarning katta aniqlanmagan guruhini ozod qilgan. Biroq diniy mahbuslarga nisbatan BMTning chaqiriqlarini e’tiborsiz qoldirib, ozod qilingan va qamoqda qolayotgan diniy mahbuslarga xos statistikani e’lon qilmay kelmoqda.

AQSh komissiyasining iddaosicha, mazkur hisobotning maqsadi diniy mahbuslarning taxmin qilinayotgan soni va saqlashning hozirgi sharoitlari haqida ishonchli ma’lumot olishdir.

Diniy erkinliklar borasida so‘rovlar
AQShning Diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi va komissiya eksperti Sverdlov 2020- yil sentabrida O‘zbekistonning bir qancha davlat idoralariga Toshkentda rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun so‘rovnoma va murojaatlar yuborgan.

Ayni paytda Komissiya vakillari AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari bilan birgalikda qamoqxona islohotlarini amalga oshirish va ruxsat etilgan diniy faoliyat chegarasini o‘rganish maqsadida hukumat amaldorlari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Shunga qaramay, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati o‘nlab yillar davomida oddiy dindorlarni, shuningdek, siyosiy muxoliflarni jazolash uchun foydalangan. Mamlakat jinoiy va ma’muriy qonunchiligi, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt hamda boshqa bir qator majburiy xalqaro hujjatlar bilan kafolatlangan vijdon va din erkinligi va so‘z erkinligini cheklashda davom etmoqda.

"Haqoratli cheklovlar"
Hisobot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekistonning yopiq qamoqxonalarida hozirgi kunla 1176 ta va manzil koloniyalaridagi 1000 nafar diniy va siyosiy mahbuslar jazo muddatlarini o‘tamoqda. Ularning umumiy soni 2176 nafarni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish Departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 43 ta qamoqxonada 22 867 nafar mahbus mavjud edi.

Hisobot mualliflarining qamoqxonalarga muntazam ravishda tashrif buyuruvchi qarindoshlar bilan o‘tkazgan suhbatlari, advokatlar va huquq himoyachilari bilan muloqotlariga ko‘ra, diniy va siyosiy mahkumlar soni eng kamida 2176 ta ekani oydinlashadi.


Мустақиллик ва Ислом: "Мирзиёев даврида бутун оилам билан қамашди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:27 0:00

“O‘zbekistonning hukumat o‘n yillar davomida oddiy dindorlarni, shuningdek, siyosiy muxoliflarini jazolash uchun qo‘llab kelgan jinoyat va ma’muriy qonunlari va boshqa xalqaro hujjatlarda kafolatlangan din va vijdon erkinligi, so‘z erkinligi, shu jumladan, boshqalar bilan uchrashib, diniy marosimlarni birgalikda ado etish, o‘z e’tiqodlari bo‘yicha ta’lim olish va ta’lim berish, shuningdek, diniy adabiyotlarga ega bo‘lish kabi erkinliklarga haqoratli cheklovlarni o‘rnatadi” deyiladi.

Mualliflarga ko‘ra, Jinoyat kodeksining ekstremizm va terrorizmning aniq belgilanmagan tushunchalaridan iborat qoidalari hukumat uchun dindor va boshqa shaxslarni ta’qib qilishning oddiy usuli sifatida hukumatga xizmat qildi.

Jumladan, ko‘plab qoidalar hukumatga 2021-yilning martida komissiya va BMT tomonidan taklif qilingan “diniy ekstremizm” va “konstitutsiyaga xilof faoliyat” ga oid tuzatishlarning inobatga olinmagani inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqni buzadi.

Diniy mahbuslar reabilitatsiya qilinmadi


Komissiya vakillarining iddaosicha, diniy va siyosiy mahbuslarning ozod qilinishi hukumatning diniy va siyosiy islohotlarga jiddiy qarashiga umid baxsh etgan. So‘nggi 4,5 yil ichida ozod qilingan mahbuslar soni Karimov davrida har yili o‘rtacha hisobda ozod qilingan bir yoki ikki mahbusdan keskin farq qiladi.

Bu esa O‘zbekiston hukumati O‘zbekistondagi barcha diniy va siyosiy mahbuslarni ozod etishi mumkin, degan umid uyg‘otadi. Biroq hukumat sobiq diniy va siyosiy mahbuslarga qonuniy himoya qilish imkoniyatini, xususan, adolatsiz hukmlarni bekor qilish va reabilitatsiya asoslari uchun imkon yaratmagan.

Komissiya vakillariga ko‘ra, 81 nafar asossiz qamoqqa olingan dindorlar hamon qamoq jazolarini o‘tamoqda. Ularning ishi adolatli mahkamada ko‘rilishi lozim. Hisobotda 81 nafar mahkumga oid ishlar tafsiloti keltiriladi.

Hisobot xotimasida mamlakatda yuzaga kelgan nisbiy diniy erkinliklar doirasi qaytadan toraya boshlagani aytilgan. Mazkur hisobot yuzasidan O‘zbekiston hukumati hozircha munosabat bildirgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG