Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:44

ASEAN Myanmadagi siyosiy bo‘hronni bartaraf eta oladimi?


Myanmada hokimiyatni egallab olgan harbiylarga qarshi chorshanba kuni o‘tkazilgan norozilik aksiyasi ishtirokchilarining kamida 38 nafari o‘ldirildi.
Myanmada hokimiyatni egallab olgan harbiylarga qarshi chorshanba kuni o‘tkazilgan norozilik aksiyasi ishtirokchilarining kamida 38 nafari o‘ldirildi.

Seshanba kuni Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN) Myanmadagi siyosiy buhronni muhokama qildi.

Mashvaratda 1 - fevral kungi davlat to‘ntarishi ortidan hokimiyatga kelgan harbiy hukumat vakillari ham qatnashdi.

Reyter agentligi Myanmadagi tanglikni hal etishga ASEAN qanday hissa qo‘sha olishi mumkinligini tahlil qildi.

Nega aynan ASEAN?

10 mamlakatdan iborat siyosiy ittifoq – ASEAN Myanmadagi inqirozni hal qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Harqalay, BMT, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Osiyodagi qudratli davlatlar shunday fikrda.

“Yagona oila” g‘oyasini shior qilgan uyushma siyosiy huquqlardan ko‘ra barqarorlik va rivojlanishga ko‘proq e’tibor qaratib keladi. Uyushma a’zolari safida dunyodagi uchinchi yirik demokratik davlati sanalmish Indoneziya, kommunistik boshqaruv yo‘lini tanlagan Vyetnam va Laos hamda dunyoning so‘nggi mutlaq monarxiyalaridan biri Bruney sultonligi bor.

ASEAN davlatlari bir yoqada bosh chiqara oladimi?

Mintaqaning asosiy davlatlararo birlashmasi o‘laroq ASEAN harbiy xunta a’zolari bilan muntazam aloqa o‘rnatgan va bu jihatdan u kuchli pozitsiyaga ega. Ammo guruhning murosai madoraga kelish bo‘yicha talablari hamda a’zo davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili Myanma borasida yakdil to‘xtamga kelishni qiyinlashtiradi. Qolaversa, hokimiyat jilovini qo‘lga olgan harbiylar ham uyushma chiqaradigan har qanday qarorga rozi bo‘lishi talab etiladi.

Kuzatuvchilar uyushma mintaqada inson huquqlari poymol qilinishiga befarq ekanini tanqid qilib keladilar.

Diplomatlar va tahlilchilarning ta’kidlashicha, ASEAN jillaqursa yanada ko‘p qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xunta va muxolifat o‘rtasida muloqotni rag‘batlantirishga hissa qo‘shishi mumkin.

Sanksiyalar ish berarmikan?

AQSh va ba’zi G‘arb davlatlari xunta yetakchilariga qarshi sanksiya joriy qildi. Myanmaning boshqaruvdan chetlatilgan rasmiylari va namoyishchilar yanada qat’iyroq jazo choralarini talab qilmoqda.

Ammo ASEANning asosiy tamoyillari, boz ustiga, Myanma uning to‘laqonli a’zosi ekani hisobga olinsa, birlashma sanksiya joriy qilmasligi ayon bo‘ladi.

Ayni choqda, G‘arb davlatlari sanksiyalari harbiylarga aloqador shirkatlarga tuzukkina ta’sir etishini unutmaslik kerak.

Osiyoning ikki qudratli davlati nima deydi?

Nafaqat qit’ada, balki butun dunyoda o‘z so‘ziga ega Xitoy va Hindiston Myanma bilan chegaradosh bo‘lib, ikki mamlakatga qo‘shni o‘lkaga katta sarmoya yotqizgan. Pekin ham, Dehli ham isyonchi harbiylar bilan aloqa o‘rnatgani ma’lum.
Xitoy barqarorlik ustuvor masala ekani, vaziyat yanada mushkullashmasligi uchun boshqa davlatlar Myanmaning ichki ishlariga aralashishmasligi zarurligini uqtirmoqda.

Demokratik Hindiston ham bu borada qat’iy pozitsiya ko‘rsatganicha yo‘q. Dam olish kunlari Myanma xavfsizlik kuchlari kamida 18 namoyishchini o‘ldirgach, Hindistonning Myanmadagi elchixonasi tomonlarni muloqot qilish va zo‘ravonlikdan tiyilishga chorladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Xitoy ham, Hindiston ham davlat to‘ntarishini amalga oshirgan harbiylarga qarshi keskin chora ko‘rishga oshiqmayotir. Chunki ikki qudratli qo‘shni kelgusida Myanmaning strategik raqibiga aylanib qolishini aslo xohlamaydi.

XS
SM
MD
LG