Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:26

Ban Ki Mun yana 5 yil BMT bosh kotibi bo‘ladi


BMT bosh kotibi Ban Ki Mun nomzodi tashkilot Bosh assambleyasining seshanba kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan majlisida ikkinchi muddatga tasdiqlandi.

Uning nomzodi Bosh assambleyaga BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan tavsiya qilingandi.

Janubiy Koreyaning sobiq tashqi ishlar vaziri, 67 ga kirgan Ban Ki Mun o‘zi egallab turgan lavozimga yagona nomzod edi.

Ban Ki Mun BMT bosh kotibi lavozimini 2007 yili egallagan edi.

Uning bu lavozimdagi ikkinchi muddati 2012 yilning 1 yanvarida boshlanadi.
XS
SM
MD
LG