Линклар

Шошилинч хабар
21 июн 2025, Тошкент вақти: 16:50

Obama: Qaddafiy kuchlari to‘xtatildi


AQSh prezidenti G‘arb yetakchiligidagi harbiy havo zarbalari natijasida Liviya rahbari Muammar Qaddafiy kuchlari “jiddiy zaiflashgani”ni aytdi.

Barak Obama Qaddafiyga sodiq kuchlarning Liviya partizanlariga qarshi harbiy kampaniyasi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini amalga tadbiq qilayotgan xalqaro koalitsiya tomonidan to‘xtatildi, deya bayon qildi.

Vashingtonda AQShning Liviya mojarosidagi roli haqida chiqish qilgan prezident Obama Qaddafiy o‘z rejimini saqlab qolish maqsadida raqiblarini qatliom qilishga tahdid qilgani bois AQSh xalqaro koalitsiyaga qo‘shilishga qaror qilganini ta‘kidladi.

- Biz agar yana bir kun kutsak, (700 ming aholi yashaydigan) Beng‘ozi shahrida mintaqada qaytarilishi mumkin bo‘lgan qatliomlar sodir etilishi va bu xalqaro vaziyatni keskinlashtirishini bilgan edik. Bunday hol yuz berishiga yo‘l qo‘yish bizning milliy manfaatlarga zid edi. Men bunga yo‘l qo‘ymadim. To‘qqiz kun oldin Kongressdagi ikki partiya liderlari bilan maslahatdan so‘ng men odamlar o‘ldirilishini to‘xtatishga va BMT Xavfsizlik kengashining 1973 raqamli rezolyutsiyasini amalga tadbiq etish uchun harbiy amaliyotlar boshlashga ruxsat berdim , dedi AQSh prezidenti Barak Obama.
XS
SM
MD
LG