Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:24

Belarus poytaxtida yana portlash ro‘y berdi


Minskning "Moskva" avtobus bekatida portlash ro‘y yerdi.

"Ozodlik" radiosi Belarus hizmatiga ko‘ra, bekat yaqinida avtobus portlagan.

Qurbonlar va talafotlar haqida hozircha ma‘lumot yo‘q. Bu Minskda so‘nggi 24 soat ichidagi ikkinchi portlashdir.

Kecha Belarus poytaxti Minskdagi “Oktabrskaya” metro bekatida ro‘y bergan portlash oqibatida 12 odam halok bo‘lgan, 150 ortiq odam yaralangan edi.

Mamlakat prokuraturasi portlashni terror amali bo‘lganini bildirdi. Portlash mahalliy vaqt bilan kechki soat oltilarda, bekat yo‘lovchilar bilan tirband bir paytda yuz bergan.

"Oktabrskaya" bekati mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoning idorasiga yaqin yerda joylashgan.
XS
SM
MD
LG