Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2025, Тошкент вақти: 13:09

BP: Samarqandda uchta tarixiy masjid buzib tashlangan


Ko‘hna Samarqand manzarasi (illyustrativ surat)
Ko‘hna Samarqand manzarasi (illyustrativ surat)

Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid tarixiy binolarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Madaniy meros agentligi bilan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlanishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 milliard so‘mlik, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlangani oqibatida esa 10,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani, nazorat tadbirlari davom ettirilayotgani bildirilgan.

Tarixiy-madaniy meros obyektlarining buzib tashlanishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q.

Ozodlik avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi IV asrga oid arxeologik yodgorlik vayron qilingani haqida yozgandi.

2020-yilda Samarqandda davlat va UNЕSCO himoyasida bo‘lgan arxitektura yodgorligi buzib tashlangan edi.

O‘tgan yili Buxoro tarixiy markazida UNЕSCO bilan kelishmay boshlangan qurilishlar ham jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG