Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:10

Britaniyadagi eng yirik gazeta yopilmoqda


Britaniyada eng katta tiraj bilan chiqadigan “News of the World” gazetasi telefonlarni eshitish bilan bog‘liq janjal bois yopilmoqda. Yakshanba kuni uning oxirgi sonini chop etiladi.
Bu haqda nashr xo‘jayini media-magnat Rupert Myordokning o‘g‘li va "News Corporation" shirkatining Yevropa bo‘limi rahbari Jeyms Myordok payshanba kuni e‘lon qildi.
Myordok 168 yillik tarixga ega gazetani yopish qarori “rahbar hamkasblar” bilan maslahatlashib, qabul qilinganini ta‘kidladi.
Yakshanba kunlari chiqadigan “News of the World” tahririyati o‘z muxbirlari siyosatchilar, taniqli shaxslar va qirol oilasiga aloqador kishilarning telefonlarini eshitishni yo‘lga qo‘yganini tan oldi.
Keyingi bir necha kun davomida esa gazeta muxbirlari, shuningdek, bedarak yo‘qolgan bolalar, 2005 yil 7 iyul terror huruji qurbonlarining yaqinlari hamda Afg‘onistonda halok bo‘lgan askarlar oila a‘zolari telefonlarini ham eshitib kelganiga oid ayblovlar paydo bo‘ldi.
Myordok Sky News telekanaliga bergan intervyusida media-shirkat gazetada qo‘llanilgan usullarni ma‘qullamasligini ta‘kidldadi.
- Men afsusdaman. Ba‘zi jurnalistlar qo‘llagan amaliyot biz, men hamda bu shirkat ishongan jurnalistika tamoyillari va sifatiga mos kelmaydi, dedi Myordok.
Bu janjal gazeta obro‘siga katta putur yetkazdi va o‘nlab shirkatlar unga bergan reklamalarini qaytarib oldi.
Myordok gazetaning oxirgi sonidan olingan foyda yaxshi niyatlarda ishlatilishini ta‘kidladi.
Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron ro‘y bergan janjaldan “dahshatga” tushganini bayon qildi.
XS
SM
MD
LG