Tojikistonlik bolalarning masjidlarga borishini taqiqlovchi qonunga O‘zbekistondan turib munosabat bildirgan Memorial inson huquqlari tashkiloti faoli Mo‘tabar Ahmedova chillaki chillakini ko‘rib chumak uradi degan maqolni keltirdi.
Tojikiston e‘tiqod cheklovi borasida O‘zbekiston hukumatidan o‘rnak olmoqda, deydi huquq faoli Mo‘‘tabar Ahmedova. Faqat O‘zbekistondan farqli o‘laroq, Tojikiston o‘z chekloviga rasmiy tus berdi.
Ayni paytda O‘zbekiston masjidlariga bolalar kiritilmayotgani haqida rasmiy ma‘lumotlar yo‘q.
Bunaqa qilmagin. Yomon bo‘ladi
Ozodlik muxbiri bilan suhbatlashgan toshkentlik islomshunos olim Rafiddin Sayfiddinov masjidlarda bolalar ibodat qilayotganini aytdi.
Hozir ta‘til bo‘lgani bois bolalarni masjidga kirgizishmoqda, ammo maktab mavsumida buning teskarisini ko‘ramiz, deydi Memorial faoli Mo‘‘tabar Ahmedova.
- Men o‘zimizning oldimizdagi masjidga chiqaman. Chiqqanimda yuqoridagi 11-chi va oldimizdagi 24-maktabdan albatta ikkita-uchta odam turadi formalilardan tashqari. Asosan ayollar. Hech qanaqa rasmiy qog‘ozni ko‘rsatishmaydi. Bolalarni umuman ikki yildan beri masjidga kirgizmaydi. Bolalar hozir kanikulda kirishayapti. Hozir ta‘til paytiku. O‘shanda ham juma kunida emas boshqa paytlarda kirishadi. Juma kunida haydaydiganlar paydo bo‘lgan,- deydi huquq himoyachisi.
Ahmedova nazarida masjid bolalar tarbiyasida faqat ijobiy rol o‘ynaydigan maskan.
- Hech bo‘lmasa, o‘sha masjidga boradiganlar Ollohning Qur‘onini eshitadi, bir kalima Qur‘onni eshitadi. Hech bo‘lmasa, atrofidagi jamoadan bir narsani eshitib keladi. Imomning o‘zidan eshitish shart emas. Hozirgi imomlarning hammasi bir xilda. Lekin u yerda jamoa bor. Jamoaning ichida “Bunaqa qilmagin. yomon bo‘ladi” deydigan topiladi,- deydi Mo‘‘tabar Ahmedova.
O‘zbekistonlik taniqli islomshunos olim Sayfiddin Rafiddinov bolalarning masjidga qatnashida manfiy va musbat taraflarni ko‘radi.
- Bizda masjidga masalan katta ham, kichik ham qatnab bemalol ibodat qilayaptiku. Endi hamisha masalaning ikki tomoni bo‘ladida. Endi u sharoitdan kelib chiqiladi. Chunki har xil holatlar bo‘lishi mumkin. Tarovyehga borib bolalar keyin qolib ichib, chekib, janjal qilib ota-onasini xavotirlarga qo‘yishi mumkin. Bu holatlar ham istisno emas. Ko‘p bolalar o‘ynab kattalarning ibodatlariga xalaqit qiladi ba‘zan. Endi bola bolada. Lekin xohlaganlar tarovyehlarga borayapti, ibodat qilayapti. Cheklov yo‘qku.
O‘zi aslida masjidga balog‘at yoshiga yetgandan keyin boriladigan endi. Qadimda ham shunday bo‘lgan. Balog‘at yoshiga yetgandan keyin, ibodat farz bo‘lgandan keyin masjidlarga borilgan. Balog‘at yoshiga yetmaguncha uning borish yoki bormasligi juda katta ahamiyatga ega emas. Ehtimol ruhiyati o‘rgansin deb ota-onalar olib borar, lekin u mahalda hech narsani tushunmaydi u baribir. Ibodat qilayotgan odam nima uchun ibodat qilayotganini, ibodatning ma‘nosi nimaligini, qachondan boshlab insonga ibodat farz bo‘ladi va hokazolarni bilishi kerakda. Har holda bu nozik masala,- deydi Sayfiddin Rafiddinov.
Dunyoviy ta‘lim o‘rniga diniy
Hozir AQShda muhojiratda istiqomat qilayotgan siyosiy tahlilchi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bolalarning masjidga qatnashiga mutlaqo qarshi ekanligini aytadi.
- yosh bolalarning masjidlarga borishi, diniy marosimlarni bajo keltirishi menimcha yaxshilikka olib bormaydi. Ularning borishining asosiy sababi maktab maktab bo‘lmay qoldi, kollej kollej bo‘lmay qoldi. Bilim berish sistemasi umuman ishlayotgani yo‘q. Bolalar o‘qimayapti. O‘qituvchilarning saviyasi nihoyatda past. Shuning uchun bolalar nima qilishni bilmay qanday qilib haqiqatga, qanday qilib bilimga intiladi. Kattalarning gapiga kirib yoki tashqaridan bo‘layotgan tashviqotlarni eshitib, “Agar masjidga boradigan bo‘lsak, namozxon bo‘ladigan bo‘lsak, albatta to‘g‘ri ish qilgan bo‘lamiz. Jamiyatda hurmatli bo‘lamiz. Oxiratda jannatga boramiz” degan tor fikrda bo‘ladi,- deydi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev.
Ayni paytda Yo‘ldoshev ma‘muriy yo‘l bilan bu holatga yechim topilmasligini ham aytadi.
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon imzolagan “Bolalarning masjidga borishini taqiqlovchi” qonunni mutlaq olqishlamasligini bildirgan va ismi aytilmasligini istagan O‘zbekiston musulmonlar idorasi mulozimi O‘zbekistonda bunday qonun yo‘qligidan mamnun ekanligini ta‘kidladi.