Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:45

CPJ Qirg‘iziston prezidentini qonunbuzarlikni to‘xtatishga chaqirdi


Belarus - CPJ logo, 06Aug2008
Belarus - CPJ logo, 06Aug2008
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Qirg‘iziston prezidenti Ro‘za O‘tunbayevani mamlakatdagi ta‘qiblarni to‘xtatishga chaqirdi.

Tashkilot prezident nomiga yo‘llagan maktubida Qirg‘izistondagi ikkita ommaviy axborot vositasi egasi — Halil Xudoyberdiyev, Javlon Mirzaxo‘jayev hamda qamoqqa tashlangan Azimjon Asqarovga nisbatan tazyiqlarning davom etayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

Qo‘mita ijrochi direktori Joel Saymon imzo chekkan maktubda bu holat prezident O‘tunbayevaning mamlakatda “so‘z erkinligi va qonun ustivorligi haqida bergan bayonotlariga zid” ekani aytilgan.

Tashkilot vakili Muzaffar Sulaymonov Ozodlik bilan suhbatda bunday chaqiriq sabablarini shunday asosladi.

- Biz Qirg‘iziston prezidenti Ro‘za O‘tunbayevaga mamlakatdagi o‘zbek jurnalistlari va ommaviy axborot vositalari xodimlariga nisbatan yuritilayotgan tergov- surishtiruv ishlariga e‘tibor qaratishini so‘rab, maktub yo‘lladik. Bu Halil Xudoyberdiyev va Javlon Mirzaxo‘jayevlarning sud orqali ta‘qib qilinishi va jurnalist hamda huquq faoli Azimjon Asqarovning panjara ortiga tashlanishidir. Biz prezidentni Adliya vazirini chaqirish va bu holatlarga e‘tibor qaratish, shuningdek, Asqarovni ozodlikka chiqarishga chaqirdik, deydi Muzaffar Sulaymonov.
XS
SM
MD
LG