Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2021, Тошкент вақти: 10:48

Darsda o‘quvchilarni kaltaklagan shofirkonlik o‘qituvchiga "chora ko‘rildi" (VIDEO)


Ozodlikka kelgan 2 daqiqalik videolavhada jismoniy tarbiya o‘qituvchisi kamida uch o‘quvchini urgani aks etgan. Video tagiga yozilgan izohda voqea Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi maktablardan birida yuz bergani aytiladi.

Ozodlik ushbu videoda aks etgan hodisa yuzasidan izoh so‘rab, Xalq ta’limi vazirligi Buxoro viloyat boshqarmasiga murojaat qildi.

Boshqarmaning o‘zini tanishtirishni istamagan xodimi Ozodlikka darsda o‘quvchilarni kaltaklagan shofirkonlik o‘qituvchi jazolanganligini bildirdi:

“Siz aytayotgan video joriy yilning yanvar oyida maktab o‘qituvchisi tomonidan tasvirga tushirilgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi chindan ham shu kuni 8-sinfda dars o‘tish paytida shovqin solgan o‘quvchilarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni kaltaklagani aniqlandi. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan mazkur video nazoratga olindi. Mavjud holatga aniqlik kiritish maqsadida ishchi guruh o‘rganishlar olib bordi”.

Mulozimga ko‘ra¸ videoda Shofirkon tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisining dars jarayonida o‘quvchilar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan:

“Bu holatni boshqarma mutaxassisi Bobir Abdiyev boshchiligidagi ishchi guruh jiddiy o‘rganib chiqdi. Buni shunday qoldira olmaymiz-ku. Dars jarayonini tashkil etishda pedagogik etika talablariga rioya qilmaganligi uchun jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llandi".​

XTB vakili aynan qanday chora ko‘rilganiga aniqlik kiritmadi.

“Gestapo” ismli fizkultura muallimi

Ozodlik videoni yo‘llagan buxorolik yigit bilan ham bog‘landi. Uning aytishicha¸ dars paytida o‘quvchilarni muntazam kaltaklaydigan o‘qituvchi (ismi oshkor qilinmayapti - tahr.) o‘quvchilar orasida “Gestapo” deb nom chiqargan.

Ikki daqiqadan sal ko‘p davom etadigan videoda jismniy tarbiya o‘qituvchisi ikki bolaning yuziga musht tushiradi va bir qizni tepadi. Videoning ovozi past yozilgan bo‘lsa ham bu kaltaklashlar barobarida o‘qituvchining o‘quvchilarni haqoratlagani eshitiladi.

Kaltak ko‘targan ta’lim tizimi

O‘zbekiston maktab va kollej talabalari hamda bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilarning o‘qituvchi-muallimlar tomonidan kaltaklanishi noodatiy hodisa emas.

Avvalroq Ozodlik Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 141-maktabning 9-sinfida o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini urayotgani aks etgan videoni e’lon qilganidan so‘ng o‘qituvchi ishdan haydalgan edi.

Chiroqchidagi 134-son maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Shohnur Oqqo‘ziyev o‘quvchisiga "2" baho qo‘ygani uchun uning akalari tomonidan kaltaklangani ortidan shifoxonaga yotqizilgan.

Ozodlik suhbatlashgan toshkentlik pedagogning aytishicha, o‘zbek jamiyati zehniyatida “urib o‘qitadigan o‘qituvchilar qoralanmaydi, qattiqqo‘llik, qaytaga talabchanlik belgisi sifatida ko‘riladi.

XS
SM
MD
LG