Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:21

23 davlat rahbari pandemiyalarning oldini olishga qaratilgan bitim g‘oyasini dastakladi


Rahbarlarga ko‘ra, bitiman ko‘zlangan maqsad dunyoning COVID-19 pandemiyasidan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga erishishdir.
Rahbarlarga ko‘ra, bitiman ko‘zlangan maqsad dunyoning COVID-19 pandemiyasidan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga erishishdir.

Seshanba kuni 23 davlat rahbari va JSST hozirda zabtiga olayotgan koronavirus pandemiyasiga o‘xshash yangi pandemiyalarga qarshi kurashish uchun xalqaro bitim tuzish g‘oyasini ma’qullashini bildirdi.

Barcha davlatlarga pandemiya davrida vaksinalar, dori‑darmonlar, diagnostika vositalari olish uchun teng imkoniyat berishi ko‘zlangan ushbu bitim g‘oyasi o‘tgan yili noyabrda Katta yigirmalik davlatlari sammitida Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel tomonidan ilgari surilgan edi.

Seshanba kuni ushbu g‘oyani Fiji, Portugaliya, Ruminiya, Britaniya, Ruanda, Keniya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Koreya, Chili, Kosta‑Rika, Albaniya, JAR, Trinidad‑Tabago, Niderlandiya, Tunis, Senegal, Ispaniya, Norvegiya, Serbiya, Indoneziya, Ukraina va JSST rahbarlari rasman qo‘llashini bildirdi.

“Kelgusida ham boshqa pandemiyalar, sog‘liq masalasida favqulodda holatlar bo‘ladi. Hech bir alohida davlat yoki xalqaro agentlik bunga yolg‘iz yechim topa olmaydi”, dedi rahbarlar yirik gazetalarda e’lon qilingan umumiy maqolada.

“Biz davlatlar pandemiyalarga tayyorlik va ularni bartaraf qilish bo‘yicha yangi xalqaro bitimni ishlab chiqish ustida ishlashimiz kerak”, deydi ular.

Bu bitimdan ko‘zlangan bosh maqsad avvaldan ogohlantirish tizimlari, ma’lumotlarni bo‘lishish, vaksinalar, dorilar, diagnostika va shaxsiy himoya vositalarini yaratish, ishlab chiqarish va tarqatish orqali dunyoning kelgusidagi pandemiyalarga bardoshini oshirishdir, deydi ular.

Shuningdek, bitimda insonlar, jonivorlar va umuman, sayyora salomatligi o‘zaro bog‘liqligi, bu esa global miqyosda shaffoflik, mushtarak mas’uliyat va hamkorlikni taqozo qilishi ta’kidlanadi.

“Halqaro tashkilotlar va davlatlar rahbarlari sifatida bizning mas’uliyatimiz dunyoning COVID-19 pandemiyasidan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga erishishdir”, deb yozadi yetakchilar.

XS
SM
MD
LG