Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:39

Diplomatiya forumi: Nazarboyev yanvar voqealaridan buyon ilk bor ko‘rinish berdi


Nursulton Nazarboyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklifiga binoan diplomatiya forumida ishtirok etish uchun Antaliyaga borgan.
Nursulton Nazarboyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklifiga binoan diplomatiya forumida ishtirok etish uchun Antaliyaga borgan.

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklifiga ko‘ra diplomatiya forumida ishtirok etish uchun Antalyaga keldi. Nazarboyev bu bilan Qozog‘istonda yanvar oyida bo‘lib o‘tgan ommaviy mitinglardan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka o‘zini ko‘rsatmoqda.

Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay “Tvitter”da sobiq prezidentning Antaliyada, uchoq pillapoyasi oldida tushgan suratini e’lon qildi.

Ozodlikning qozoq xizmati Nazarboyev yanvar voqealaridan so‘ng ilk bor xorijga chiqqanini urg‘ulamoqda. Ommaviy tartibsizliklar chog‘ida Qozog‘istonning birinchi prezidenti biron bir izoh bilan chiqish qilmagani uning go‘yo og‘ir xastaligi, hatto vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lgandi. Namoyishlar boshlanganidan so‘ng bir hafta o‘tgach Nazarboev videomurojaat yo‘llab, “2019-yildan beri pensiyada”ligini, butun hokimiyat vorisi – Qasim-Jomart Toqayev qo‘lida ekanini aytdi.

Beshinchi yanvar kuni yalpi namoyishlar manzarasida Qozog‘iston prezidenti Toqayev qonun bo‘icha Nazarboyev umrining oxirigacha rahbarlik qilishi kerak bo‘lgan Xavfsizlik kengashi raisi lavozimiga kirishganini bildirdi. Bundan tashqari, Nazarboev bilan yaqin aloqadagi bir qancha yuqori martabali shaxs lavozimlaridan olindi. Shundan so‘ng OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda Nazarboyev bilan uning vorisi o‘rtasida hokimiyat uchun kurash borayotgani iddao qilindi.

Biroq, Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibayga ko‘ra, sobiq va hozirgi prezidentlar hamisha “barrrikaning bir tarafida” bo‘lishgan. Aydos ular o‘rtasida go‘yo ixtilof borligi haqidagi mish-mishlarni “siyosiy vaziyatdan beqarorlashtirish va davlatning konstitutsiyaviy asoslariga putur yetkazishga urinish” deb atadi.

Shunga qaramay, noroziliklardan so‘ng Qozog‘istonda birinchi prezidentning qarindoshlari hamda yaqinlarini katta lavozimlardan bo‘shatish davom etdi.

XS
SM
MD
LG