Линклар

Шошилинч хабар
16 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:26

"Geosiyosiy zaruriyat". Devid Kemeronning Markaziy Osiyoga tashrifi


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vazir Devid Kemeron Samarqandda. 23-aprel, 2024
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vazir Devid Kemeron Samarqandda. 23-aprel, 2024

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vazir Devid Kemeronning Markaziy Osiyoning beshta postsovet davlati va Mo‘g‘ulistonga tashrifi, shubhasiz, e’tiborga molik voqea bo‘ldi. Ammo bu tashrif Britaniya mintaqani hamkorlikni chuqurlashtirishni “geosiyosiy zaruriyat” deb bilishiga ishontirish uchun yetarlimi?

Fotosuratlarda so‘zlar ko‘rinmaydi, lekin ko‘rib tabassum qilasiz.

Ulardan birida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Ashxoboddagi turkmanlar an’anaviy o‘toviga qushdek uchib kiradi.

Britaniyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi internetga joylagan boshqa suratda esa Kemeron beton ariqqa o‘ychan tikilib turibdi.

O‘zbekistondan olingan esda qolarli kadrda Kemeron bu mamlakatning tashrif qog‘ozi – palov to‘la qozonga hayratla tikilgani aks etgan.

“Devid Kemeron bu hafta Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qilganidan juda xursand”, deb yozdi AFP muxbiri Jeyk Kordell X'da.

Ammo Kemeron Markaziy Osiyoning besh postsovet davlati va Mo‘g‘ulistonga besh kunlik safaridan qaytganidan so‘ng, uning tashrifi shunchaki sayohat emasmi, degan savol tug‘iladi.

Javob qaysi davlat haqida so‘ralganiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

"Geosiyosiy zaruriyat"

Kemeronning mintaqaga tashrifi Britaniya parlamenti Tashqi ishlar qo‘mitasining “Chorrahadagi davlatlar: Britaniyaning Markaziy Osiyodagi ishtiroki” nomli hisoboti chop etilganidan bir necha oy o‘tib amalga oshirildi.

Hisobotda London va mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning past darajasi qayd etilib, u bilan aloqalarni chuqurlashtirish “geosiyosiy zaruriyat” deb ataladi. Mintaqaga tashriflar tashqi ishlar vaziri va bosh vazir darajasida bo‘lishi kerakligi tavsiya etiladi. Kemeron bu lavozimni 2010-yildan 2016-yilgacha egallagan edi.

Hujjatning asosiy mavzusi – Rossiyaning Ukrainadagi urushi va mintaqaning Moskva uchun London tomonidan kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tish imkoniyati sifatida deb ataladi.

Ammo kaltakni ishlatishdan oldin – ikkilamchi sanksiyalar tahdididan burun siz sabzi ham ko‘rsatishingiz kerak.

Mintaqaning ba’zi mamlakatlarida ingliz sabzisi biroz kichikdek ko‘rinadi.

24-aprel kuni Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Alisiya Keyns Kemeronning tashrifidan mamnunligini bildirdi va “Buyuk Britaniyaga mintaqadagi yumshoq kuchi va ta’sirini oshirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan” 50 million funt sterling (62 million dollar) miqdoridagi yordamni qayd etdi.

“Rossiya va Xitoy o‘rtasida joylashgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun ularning mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish muhim ahamiyatga ega”, deb yozadi u parlament veb-saytidagi sharhida.

Kemeronning Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi videosida Britaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya va Xitoy o‘rtasida joylashgan Markaziy Osiyoni tasvirlash uchun «sendvich» atamasini ishlatgan va Eron “o‘sha tog‘lardan bor-yo‘g‘i 40 kilometr narida” ekanini ta’kidlagan.

“Men Buyuk Britaniyaning bu mamlakatga kelgan birinchi tashqi ishlar vaziriman, bundan ham muhimi birinchi Vazirlar Mahkamasi vaziriman. Men Tojikistonga, Qirg‘izistonga tashrif buyurgan va 1997-yildan beri O‘zbekistonga birinchi bo‘lib tashrif buyurgan Tashqi ishlar vaziri bo‘ldim, – dedi Kemeron 24-aprel kuni chop etilgan videoda – ehtimol, biz bu mamlakatlarda ko‘proq ish qilishimiz kerak edi”.

Biroq, Turkmaniston, ehtimol, manfaat darajasi bo‘yicha "bu davlatlar" Britaniyaga deyarli teng emasligini aniq ko‘rsatib beradi.

Turkmaniston dunyodagi eng avtoritar davlatlardan biri bo‘lib, uning mavjudligi deyarli Xitoy va Rossiya undan tabiiy gaz sotib olishiga bog‘liq.

OzodNazar: Мирзиёев Камерон билан нега учрашмади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:44:36 0:00

Buyuk Britaniya Biznes va savdo departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxirgi choragida Turkmaniston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi atigi 66 million funt sterlingni (82,5 million dollar) tashkil qilgan. Bu Tojikistonni hisobga olmasa, Kemeron shu hafta tashrif buyurgan boshqa mamlakatlar bilan savdodan kamroq.

Glazgo universiteti professori Luka Ancheski “Ozodlik» radiosi turkman xizmatiga bergan intervyusida Buyuk Britaniya ishsizlik yuqori bo‘lgan mintaqaga taklif etayotgan "shirin kulchalar"dan biri – Britaniya qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy migrantlar uchun kvotalar kengaytirilishi ekanligini ta’kidladi.

"Ammo Turkmaniston misolida buning ahamiyati yo‘q, chunki rasmiylar fuqarolarning mamlakatdan chiqish imkoniyatini baribir qat’iy cheklaydi", deb tushuntiradi Ancheski. Uning fikricha, hukmron Berdimuhamedovlar oilasi Kemeronning Turkmanistonga tashrifini "foto imkoniyat" sifatida ko‘radi”.

Suratlarga qaraganda Kemeron Turkmanistonning rasmiy “milliy yetakchisi” Gurbanguli Berdimuhamedov bilan emas, balki prezident Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashganga o‘xshaydi. Serdarning otasi va mamlakatning amaldagi hukmfarmosi katta Berdimuhamedovdir. Kemeron ta’tilda bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham shaxsan uchrasha olmagan.

"Qozoqlar hamon G‘arbni tushunmaydi"

Qozog‘iston Kemeron uchun aniqroq hudud bo‘lib ko‘rinadi, Qog‘oziston bilan savdo yiliga 3 milliard dollardan oshadi, bu uning safari davomida tashrif buyurgan boshqa besh mamlakatning umumiy savdosidan ko‘p.

2013-yilda Kemeron Markaziy Osiyoning eng boy mamlakati Qozog‘istonga tashrif buyurgan birinchi Britaniya bosh vaziri bo‘lgan edi.

Uning takliflari, ayniqsa, Ukrainadagi urushning geosiyosiy oqibatlari fonida G‘arb kuchlari va Moskva bilan muvozanatni saqlashi kerak bo‘lgan Ostona uchun ma’qul keladi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zlagan Kemeron (u prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan ham uchrashgan) London Markaziy Osiyo davlatlaridan Xitoy yoki Rossiyadan voz kechishni so‘ramayotganini ta’kidladi.

Moskva esa unday o‘ylamaydi.

Rossiya matbuoti va Telegram kanallarida Kemeronning mintaqaga kelishi xuddi Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronning o‘tgan yilgi O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifida bo‘lgani kabi shubhalar to‘lqini bilan kutib olindi.

Kremlparast EurAsia Daily veb-saytida chop etilgan maqolalardan birida muallif Alan Puxayev “Qozoqlar haligacha G‘arbni tushunmayapti”, deb afsus bildirdi.

“Biz allaqachon yozganimizdek, anglo-saksonlarning Markaziy Osiyoga qiziqishi, ayniqsa, oxirgi paytlarda, tasodifiy emas, – deb yozgan u rus diplomatlari tobora ko‘proq foydalanayotgan atamani asosan Buyuk Britaniya va AQSHga nisbatan ishlatib. – Dunyo katta urush yoqasida va G‘arbga ko‘proq tabiiy resurslar kerak."

Albatta, Bryussel ham, Vashington ham, London ham hamkorlikning bu jihatiga qiziqishini yashirmayapti.

Mintaqa bilan yaqinda olib borilgan diplomatik aloqalarning press-relizlarida doimo muhim xom ashyo – elektr transport vositalari va umuman yashil energiyaga o‘tish uchun muhim bo‘lgan minerallar haqida so‘z boradi. Biroq, bu sanoatda asosan Xitoy ustunlik qiladi.

Ammo bu sohadagi aloqalar, ayniqsa Qozog‘istonda kuchayib borayotgan bir paytda, G‘arb hukumatlarining yetakchi xususiy kompaniyalarni mintaqaga sarmoya kiritishga ko‘ndirish Markaziy Osiyoning sarmoyaviy jozibadorligi ne chog‘ligiga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.

Shu oy boshida Bloomberg agentligi Ostonaning xalqaro arbitrajning yirik, ammo muammoli Qashag‘on neft konini o‘zlashtirayotgan yirik xorijiy neft kompaniyalariga qarshi da’volari 150 milliard dollardan oshgani haqida xabar bergan edi.

Kashag‘anni rivojlantiruvchi konsorsium tarkibiga Britaniyaning Shell transmilliy korporatsiyasi kiradi, bu haqda Nurtleu Kemeron bilan birga matbuot anjumanida gapirib o‘tgan.

Diplomatik poyga davom etadi

Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo uchun ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi, ammo bu mintaqaga diplomatik qiziqish ortishiga ham olib keldi. Bunaqasi 2001-yilda AQSH Afg‘onistonga bostirib kirganidan beri kuzatilmagan.

2023-yil sentyabr oyida mintaqa davlatlari rahbarlari AQSH prezidenti Jo Bayden bilan Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida olti tomonlama uchrashuvda ko‘rishgan edi.

Bir necha hafta o‘tgach, mintaqa rahbarlari Berlinga tashrif buyurib, kansler Olaf Shols bilan muzokara o‘tkazishdi. Makronning noyabr oyidagi tashrifiga kelsak, mintaqaning ikki yirik iqtisodiyotiga (Qozog‘iston va O‘zbekiston) ustuvor ahamiyat berildi, biroq eng kichik iqtisodga ega davlatlar ham faol.

22-aprel kuni Kemeron bilan uchrashuvdan bir necha kun o‘tib Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rimga uchib ketdi. Italiyaning WeBuild qurilish kompaniyasi dunyodagi eng baland bo‘lishi taxmin qilinayotgan Rog‘un GESining asosiy pudratchisi hisoblanadi.

Inson huquqlari guruhlari G‘arb bilan aloqalar kuchaygan davrda huquqlar va demokratiya haqidagi undovlar to‘xtab qolmayaptimi, deb hayron bo‘lishmoqda.

23-aprel kuni, avtoritar hukmdor Rahmonning Rimga tashrifidan sal avval bir kechada Yevropada joylashgan tojik muxolifatining kamida sakkiz nafar faoli hibsga olingan edi.

“Mening fikrimcha, bu hibslarni avtokratiyaning g‘alabasi va demokratiyaning mag‘lubiyati sifatida ko‘rish mumkin”, dedi «Ozodlik»ka muxolifatdagi Tojikiston Milliy alyansi a’zosi Mahmudjon Fayzrahmonov.

Muxolifatdagi “Guruh 24” 25-aprel kuni o‘z faollari qo‘yib yuborilganini va hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazish rejalaridan voz kechib, Italiyani tark etganini e’lon qildi.

Kemeron esa Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralarida tarixan Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng erkin mamlakat bo‘lib kelgan davlatda siyosiy erkinlik darajasi keskin pasayib ketgani haqida ham gapirib o‘tdi.

Kemeron Bishkekda Britaniya matbuotiga bergan intervyusida, shuningdek, Buyuk Britaniya Qirg‘iziston hukumati bilan “Rossiya urush mashinasi”ga tovar yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamkorlik qilayotganini ta’kidlab, Bishkek va Moskva o‘rtasidagi «tabiiy» savdo aloqalariga London qarshi emasligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG