Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:26

Gorbachyov Myunxenda operatsiya qilindi


Sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov Germaniyaning Myunxen shahridagi kasalxonalardan birida operatsiya qilindi.

Kasalxona jarrohi Maykl Mayer 14 aprel kuni e‘lon qilgan yozma bayonotda umurtqa pog‘onasiga qilingan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgani va bemor tezda tuzalayotgani ma‘lum qilingan.

80 yashar Mixail Gorbachyov besh kun avval ikki soat davomida operatsiya qilingan.

Gorbachyovning Myunxen kasalxonasida yana bir necha kun bo‘lishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG