Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:19

Gruziya muxolifati bugun ham ko‘chaga chiqadi


Gruziya muxolifati bugun –mamlakat mustaqilligi kunida ommaviy norozilik mitingi o‘tkazmoqchi.

Muxolifat yetakchilaridan biri Nino Burjanadzening aytishicha, miting unda ishtirok etish niyatidan sobiq mudofaa vaziri Irakliy Okruashvili qaytganiga qaramay o‘tkaziladi.

Burjanadze qochqinlik maqomi bilan Fransiyada yashayotgan Okruashvilini qo‘rqoqlikda aybladi. Sobiq mudofaa vaziri chorshanbaga rejalashtirilgan norozilik mitingida ishtirok etajagi to‘g‘risida bayonot bergan edi, lekin kecha niyatidan qaytganini ma‘lum qildi.

Prezident Mixail Saakashvilining iste‘fosi talab qilinayotgan norozilik aksiyalari Gruziyada 21 maydan beri davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG