Линклар

Шошилинч хабар
21 июн 2025, Тошкент вақти: 16:46

Haj vizalari bo‘yicha ish sudga oshirildi


Qirg‘izistondagi musulmon jamoalari viza savdogarlari qilmishlari tufayli ko‘plab qirg‘izistonliklar Haj ziyoratiga borolmay qolganini da‘vo qilmoqdalar.
Qirg‘izistondagi musulmon jamoalari viza savdogarlari qilmishlari tufayli ko‘plab qirg‘izistonliklar Haj ziyoratiga borolmay qolganini da‘vo qilmoqdalar.
Qirg‘izistonda haj vizalarining sotilishi bo‘yicha jinoiy ish bo‘yicha tergov nihoyasiga yetdi.

Bu haqda ma‘lumot tarqatgan Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati mazkur jinoiy ish bo‘yicha materiallar sudga oshirilganini bildirdi.

Bundan uch oy muqaddam Qirg‘iziston va Markaziy Osiyo musulmonlari kongressi rahbari Baqit Nurdinov qirg‘iz rasmiylarini Haj ziyoratini biznesga aylantirganlikda ayblab chiqqandi.

Unga ko‘ra, Qirg‘izistonda ayrim amaldorlar homiyligidan foydalangan guruh Eron, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga 2,5-3 ming dollardan Haj vizasini sotgan. Nurdinov o‘z so‘zlariga isbot o‘laroq o‘tgan yil kuzida Qirg‘izistonda Eron fuqarosi 139 dona soxta viza bilan qo‘lga tushganini keltirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil noyabrida Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportida soxta Haj vizalarini olib ketayotgan eronlik fuqaroni qo‘lga olgandilar. Ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘shanda vataniga uchib ketayotgan eronlik yonidan Qirg‘iziston fuqarolari uchun mo‘ljallangan, biroq keyin Eron fuqarolari nomiga rasmiylashtirilgan 139 dona Haj vizasi chiqqan.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi o‘shanda mazkur hodisa yuzasidan respublika Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Tovlamachilik) va 350-moddasi (Hujjatlar, davlat mukofotlari, shtamplar, muhrlar, blankalarni soxtalashtirish, tayyorlash, sotish yoki ulardan foydalanish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha eronlik fuqarodan tashqari Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi direktorining sobiq o‘rinbosari va yana to‘rt qirg‘izistonlikka ayblov e‘lon qilingandi.
XS
SM
MD
LG