Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 06:27

"Ijtimoiy tarmoq" to'rtta "Oltin globus" oldi


"Ijtimoiy tarmoq" filmining prodyuserlari Oltin globus kinomukofotining 68-chi taqdimot marosimida.
"Ijtimoiy tarmoq" filmining prodyuserlari Oltin globus kinomukofotining 68-chi taqdimot marosimida.
AQShning Los-Anjeles shahrida xalqaro Oltin globus kinomukofotining 68-chi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Aksar kinotanqidchilari kutganidek, 2010 yilning xit kinolari ro'yxatidan o'rin olgan Devid Fincherning "Ijtimoiy tarmoq" (The Social Network) filmi to'rtta Oltin globus mukofoti sovrindori bo'ldi.

Bugungi kunning Internetdagi eng katta ijtimoiy tarmoq Facebook vebsaytiga asos solinishi haqida olingan "Ijtimoiy tarmoq" filmi 2010 yilning eng yaxshi drama janridagi film, deb topildi. Bundan tashqari, "Ijtimoiy tarmoq" rejisura, senariy va saund-trek (filmga yozilgan musiqa/qo'shiq) nominatsiyalari bo'yicha ham eng yaxshi film deb baholandi.

Yilning komediyasi nominatsiyasida Liza Xolodenkoning "Bolalarning hammasi yaxshi" filmi tanlandi. Eng yaxshi drama janridagi aktyor deb Kolen Fertning "Qirol nutqi" filmida ijro etgan roli tanlandi. Natali Portman esa "Qora oqqush" filmida ijro etgan roli uchun eng yaxshi drama janridagi aktrisa Oltin globusini oldi.

Berverli Xilzdagi Xilton mehmonxosida bo'lib o'tgan taqdimot marosimiga yuzlagan jurnalistlar, kinotanqidchilar, aktyorlar va film industriyasiga aloqador mashhur insonlar tashrif buyurishdi.

Shu yilning 27 fevraliga belgilangan xalqaro Oskar kinomukofotining 83-chi taqdimot marosimida ham "Ijtimoiy tarmoq" filmi mukofotsiz qolmasligi aytilmoqda.

Bilmasvoylar uchun:

Oktabr oyidan ekranlarga chiqgan “Ijtimoiy tarmoq” filmi Facebook vebsaytiga asos solinishi haqida olingan va sayt asoschisi Mark Zukerbergni (bosh qahramon) yosh, aqqli, ayyor va do'stlarini "otib" ketgan yaramas IT-mutaxassisi deya ta'riflaydi (ITi – informasion texnologiyalari).

Gollivud uchun arzimas pulga (40 million AQSh dollari) ishlangan "Ijtimoiy tarmoq" filmi tez orada dunyo bo'ylab kino reytingida birinchilar qatoridan o'rin oldi.

"Ijtimoiy tarmoq" filmidan so'ng mashhurligi yanada ortib ketgan Mark Zukerbergni "Time" jurnali 2010 yilning eng mashhur insoni, deb tanladi.
XS
SM
MD
LG