Линклар

Шошилинч хабар
11 сентябр 2024, Тошкент вақти: 17:41

Iqtisodchi: Turkmaniston Iroqqa gaz eksport qiladi. Nega shu gazni O‘zbekiston olmadi?


"Shatlik" Sharq-G‘arb gaz quvuri ochilish marosimi. 31-may, 2010
"Shatlik" Sharq-G‘arb gaz quvuri ochilish marosimi. 31-may, 2010

Türkmengaz va Iroq elektroenergetika vazirligi o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, Turkmanistondan Iroqqa 5 yil davomida har yili 9 mlrd.kub gaz eksport qilinadi.

Turkman gazi Eron hududidan o‘tgan gaz trubalar orqali SWAP shartlarida Iroqqa yetkaziladi. Ya’ni Turkman qardoshlar 9 mlrd.gazni Eronga beradi. Eron esa 9,0 mlrd.kub gazni Iroqqa yetkazadi.


Biz o‘zbekistonliklarga o‘tgan yillar va undan oldingi yillarda ham Turkmanistondan sotib olish uchun kontrakt qilinadigan ortiqcha gaz yo‘q deb afsona to‘qib kelishdi. Shu bahonada energetikamizni maqsadli ravishda tiz cho‘ktirgan kremlpitishlar Rossiyadan, 3 ming kilometrdan gaz keltirishga vaj va sabablarni oqlamoqdalar. Yana qanday narxlar, qaysi shartlarda, evaziga nimani garovga qo‘yganimizni haligacha bilmaymiz. 2,7 mlrd.kub gaz uchun qanday ko‘rgulik va yo‘qotishlarga duch kelamiz, buyog‘i endi xudoga ayon.

Shundoq yonimizda, tayyor infratuzilmali turkman gazi bo‘la turib, o‘risdan gaz tilanganlar uchun hech bo‘lmasa, tarixning so‘rog‘i bo‘ladi.

Otabek Bakirov

Iqtisodchi, bloger

Telegramdagi Bakiroo kanalidan olindi

Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtai nazari tahririyat nuqtai nazarini aks ettirmaydi.

XS
SM
MD
LG