Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:01

Ispaniyada yer qimirladi


Ispaniya janubida yuz bergan zilzila oqibatida eng kamida 10 kishi o‘lgani va binolar vayron bo‘lgani bildirilmoqda.

Zilzila epitsentri Mursiya viloyatidagi Lorka va Totana shaharlarida bo‘lgan va yer qimirlash zarbalari Madridda ham sezilgan.

Zilzilaning ilk to‘lqini 4¸4 magnitudada bo‘lgan, undan keyingi to‘lqin 5¸2 magnitudada yuz bergan.

Ispaniya hukumati tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan tumanlar aholisiga yordam ko‘rsatish uchun harbiy qo‘shinlarni yuborgan.

Mursiya viloyati Yevropani meva-savzovot va chechaklar bilan ta‘minlaydigan hudud xisoblanadi.

XS
SM
MD
LG