Линклар

Шошилинч хабар
18 сентябр 2024, Тошкент вақти: 05:51

Jahon bozorida neft narxi oshdi


Liviyadagi nobarqarorlik bois jahonda neft narxi oshib ketdi.

Chorshanba kuni Nyu York birjasida neftning bir barreli 100 dollardan oshdi, bu 2008 yil sentabridan buyongi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Jahondagi qator yirik shirkatlar, jumladan, Ispaniyaning Repsol va Italiyaning ENI shirkatlari Liviya bilan hamkorlikni to‘xtatganlar.

Fransiyaning Total shirkati ham Liviyadan neft olishni to‘xtatishi haqida bildirdi.

Liviya neft eksport qiladigan 12-yirik mamlakat hisoblanadi va jahon bozoriga chiqariladigan neftning ikki foizi Liviya hissasiga to‘g‘ri keladi.
XS
SM
MD
LG