Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:29

Ravshan va Jamshut endi gazeta o'qiydi


Rossiyaning shimoliy poytaxti xisoblanmish Sankt-Peterburg shahrida o'zbeklar diasporasi "Peterburg Uz" nomli o'zbek va rus tilidada gazeta chop etishni boshlashdi. Bu haqda Mk-Piter gazetasi "Jamshutlarning hayoti quvonchga to'ldi" (Джамшутам стало веселее жить) sarlavhasi ostiga chiqgan maqolasida xabar beradi.

Yangi gazeta bosh muxarriri Ravshan Qurbonovning Mk-Piterga bergan intervyusida aytishicha, "Peterburg Uz"ning asosiy maqsadi O'zbekistonlik muhojirlarning huqularini himoya qilish va ularning muammolariga O'zbekiston xukumatining etiborini qaratishdir.

- Hozircha gazetaning ikki soni chop etildi. Har sonning adadi besh ming dona. Gazetada rus va o'zbek tilidagi maqolalar va O'zbekiston haqidagi turli tuman rang-barang suratlar chop etiladi, deydi Ravshan Qurbonov.

Eslatamiz, Mk-Piter ilova qilgan Ravshan va Jamshut taniqli "Nasha Rasha" qisqa metrajlik komediya serialining bosh qahramonlaridir. Serialda ular O'zbekistondan emas, balki Tojikistondan kelgan muhojirlar sifatida ko'rsatiladi.

Aytgancha, Rossiyaga Tojikistondan borgan muhojirlarning "Golos tajikistansev" (Голос таджикистанцев) nomli gazetasi 2005 yildan beri chop etilmoqda.
XS
SM
MD
LG