Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:02

Karzay salladagi bombalardan xavotirda


Prezident Hamid Karzay Afg‘onistonning diniy ulamolaridan o‘z nufuzidan foydalanib, islomiy janggarilarni sallalariga bomba solmaslikka ko‘ndirishni so‘radi.

O‘tgan oyda sallaga bomba yashirgan ikki xudkush hujumida Qandahor shahar hokimi va bir islomiy ulamo halok bo‘ldi.

Bombani sallaga yashirish taktikasi jamoat joylaridan xavfsizlikni ta‘minlashga oid xavotirlarga sabab bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Karzay yaqinda ulamolar bilan uchrashib, bu masalani muhokama qilgan.

Tolibon sallaga bomba yashirish taktikasini qo‘llayotganini inkor qildi.
XS
SM
MD
LG