Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 05:48

Ke$ha O'zbekiston parlamentiga saylandi


Kesha is top American pop singer
Kesha is top American pop singer
AQShlik taniqli pop-ashulachi Ke$ha (o'qilishi kesha) O'zbekiston Oliy majlisinig a'zosi bo'ldi. So'nggi klipida bu haqda o'rtoqlashgan Ke$ha o'zining president nazariga tushganini aytdi. Ke$ha O'zbekiston parlamentidagi eng taniqli, eng talantli, eng chiroyli, va eng yosh (Ke$a 24 yoshda) birinchi chet ellik deputat bo'ldi.

O'zbekiston parlamenti amerikalik pop-yulduz Ke$haning bu bayonotiga nisbatan biror-bir izoh yoki rasmiy javob berganicha yo'q.

Dunyoning barcha musiqiy kanallarida yangrayotgan Ke$aning "Blow" (Zarba) qo'shig'i uning quyidagi bayonoti bilan boshlanadi:

- Men o'sha ayiqning yoqasidan ushlab, ko'zlariga tik qarab, dedim: "Hoy ayiq, nolgacha sanagunimcha ishtoningni kiyib, janob prezidentdan uzr so'raysan!" Shu voqeadan so'ng men O'zbekiston parlamentiga saylandim, deydi Ke$ha o'zining g'alati klipining boshida galstuk taqib olgan g'alati yakkashoh hayvoynlarga o'xshab ketadigan maxluqlar bilan suhbatlashar ekan.

Aziz mushtariy, tushungan bo'lsangiz kerak - qo'shiqchi Ke$haning bu so'zlari albatta haqiqatdan yiroq. Lekin uning nima uchun aynan O'zbekiston parlamenti va presidentini tilga olgani ko'pchilikni hayron qoldirdi. Balki buning boisi ichkilikdir. (Video klipda Ke$aning shampan ichib o'tirgani aks ettirilgan)

AQSh shou-biznes matbuoti esa Ke$hani "O'zbekiston" so'zini talaffuz eta olganini olqishladi.

- Yashasin Ke$ha! U "O'zbekiston" so'zini ayta oldi, deb yozadi New York Magazine Internet jurnalida.

Lady Gaga, Rihanna, Beyonce kabi "top" pop-yulduzlar qatoridan joy olgan Ke$ha bilan bog'lanib undan O'zbekiton parlamentining so'nggi sessiyasida muhokama etilgan masalalar haqida so'ramoqchi edik. Lekin u bilan bo'g'lanish uchun qilgan urinishlarimiz hozircha natija bermadi.

Ke$haning "Blow" qo'shig'iga suratga olingan klipni tamosha qiling:

XS
SM
MD
LG