Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 08:53

Komfirqaning sobiq qotibasi Ra’no Abdullayeva vafot etdi


Ra’no Abdullayeva (O‘zA videointervyusidan skrinshot)
Ra’no Abdullayeva (O‘zA videointervyusidan skrinshot)

O‘zbekiston kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining mafkura bo‘yicha sobiq kotibasi Ra’no Abdullayeva 12-yanvar kuni 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar qildi.

Ra’no Abdullayeva 1935-yil 16-sentyabrida Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1970-1987-yillarda O‘zbekiston SSRning nufuzli shaxslardan biri hisoblangan. Jumladan, u O‘zbekiston komsomolining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining mafkura bo‘yicha kotibasi lavozimlarida ishlagan.

“Paxta ishi” doirasida ayblangan Abdullayeva keyinroq SSSR Oliy sudining qarori bilan oqlangan.

Sovet davrining boshqa arboblari kabi Ra’no Abdullayevaga nisbatan ham ziddiyatli munosabatni kuzatish mumkin. Jumladan, u mafkura bo‘yicha kotiba lavozimida ishlagan kezlarda milliy an’analar, xususan, Navro‘z bayramini taqiqlashga bosh-qosh bo‘lgani aytiladi.

Ozodlik bilan bir necha yil avvalgi suhbatda Ra’no Abdullayeva Navro‘zni taqiqlash bilan bog‘liq ayblovni rad etgandi.

Sobiq tergovchi Telman Gdlyan Abdullayevaning Sharof Rashidov bilan korrupsion va ishqiy aloqalari haqidagi iddaolarni ilgari surgani ma’lum. Ozodlik bilan suhbatda 1987-yildan 1990-yilgacha hibsda saqlangan sobiq mulozima bu ayblovlarni keskin rad qilib, “Gdlyanni Xudoga solgan”ini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG