Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:41

Koson qamoqxonasida dindor mahbus qiynoqqa tutildi


O‘zbekistonning Koson tumanidagi qamoqxonada jazo o‘tayotgan e‘tiqod mahbusi Odiljon Dadaxo‘jayev qiynoqqa solingani bois sog‘ligi o‘ta yomonlashgan.

Bu xabarni tarqatgan O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga ko‘ra, Dadaho‘jayev 2000 yilda Farg‘ona viloyati sudi tomonidan “Hizbut-Tahrir” diniy oqimiga mansublikda ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq keyinchalik yana qamoq jazosi uzaytirilgan.

“Ezgulik” ma‘lumotining ma‘lum qilishicha, 64/51-jazo muassasasida qolaëtgan Dadaxo‘jayevning qovurg‘alari urib sindirilgan.

“Memorial” tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalarida 6 mingdan ziyod e‘tiqod mahkumlari jazo o‘tamoqda.

Keyingi bir oy ichida O‘zbekiston qamoqxonalaridan dindor maxbuslarning o‘liklari kelishi ko‘paygani kuzatildi.
XS
SM
MD
LG