Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:44

Litvada KGB arxivi oshkor qilinadi


Litvadagi Genotsid va qarshilik harakatini o‘rganish markazi sovyet KGBsi hujjatlarini internetda yoyinlashni boshlaydi.

Payshanba kuni bu sayt taqdimot marosimi Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tadi. Taqdimotda Litva bosh vazirining ishtiroki kutilmoqda.

Litvada Lyustratsiya haqida qonun qabul qilingan bo‘lib, bu qonunga binoan KGB bilan yashirin hamkorlik qilgan va bu haqda 1991 yildan keyin ma‘lum qilmagan Litva fuqarolariga hukumat lavozimlarida ishlash¸ maktablarda rahbar bo‘lish va davlat sirlari bilan bog‘liq idoralardagi faoliyat ma‘n qilinadi. Lyustratsiya (lotinchada tozalanish degan ma‘noni beradi) qonuni kommunizmni boshdan kechirgan Albaniya¸ Bolgariya¸ Vyengriya¸ Germaniya¸ Gruziya¸ Latviya¸ Litva¸ Polsha¸ Ukraina¸ Chexiya va Estoniyada qabul qilingan.

Rossiya Davlat dumasi deputati Galina Staravoytova KGB arxivlarini ochish va Lyustratsiya qonunini qabul qilish tashabbusi bilan 1997 yilda chiqqanida qattiq qarshilikka duch kelgandi.
XS
SM
MD
LG