Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:07

Maksim Shatskix "uchar tarelka"lar borligiga ishonadi


Maksim Shatskikh, football player, member of the national football team of Uzbekistan
Maksim Shatskikh, football player, member of the national football team of Uzbekistan
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi, ayni damda Ukrainaning "Arsenal" klubi safida to'p surayotgan Maksim Shatskix ICTV kanalining "O'zgacha futbol" (Другой футбол) teledasturida g'ayrioddiy bayonot qildi.

Shatskixning aytishicha, u noma'lum uchuvchi jism, yani "uchar tarelkalar"ning borligiga ishonadi va hatto "tarelka"ni samoda parvoz qilayotganini o'z ko'zi bilan ko'rgan.

- Men birovlar aytgan gapga emas, balki o'z ko'zim bilan ko'rgan narsalarga ishonaman. Bir marta dachadaligimda ko'rdim ularni. Kechqurun osmonda yonib turgan nuqtaga ko'zmi tushdi. Boshida nuqtani samolyot bo'lsa kerak deb oyladim. Lekin u jilmasdan biy joyda turar edi. Nuqta yarim soatcha turgan joyida qotib turdi. Hech qayoqqa jilmadi, - deydi "uchar tarelka" guvohi bo'lganini iddao qilayotgan futbolchimiz Maksim Shatskix.

Toshkentda tug'ilib o'sgan Maksim Shatskix taniqli rejisyor Sulfiqor Musoqov suratga olgan "Abdullajon" filmini mazza qilib tamosha qilganga o'xshaydi.

Aziz mushtariy, siz "uchar tarelka"lar borligiga ishonasizmi?

Qiziqarli xabarlar turkumidan
XS
SM
MD
LG