Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:29

Mariupolda ishlayotgan tojik migrantlari: "Bizni aldashdi"


Mariupoldagi tojik migrantlari.
Mariupoldagi tojik migrantlari.

Rossiya qurilish shirkatlari Mariupol shahrini tiklashga jo‘natgan tojik migrantlari ish beruvchilar tomonidan aldanganlarini aytishmoqda. Ayrim tojik migrantlari Rossiya qo‘shinlari ishg‘ol qilib turgan Mariupolda yarim yildan beri ishlashadi, qolganlar esa bir oy avval borishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchilar va’da qilingan maoshning atigi yarmini berishyapti.

Qator rus qurilish shirkatlari tojikistonlik migrantlarga Mariupoldagi qurilishlarda ishlab pul topishni taklif qilgan edi. Ularga oyiga 130 mingdan 250 ming rublgacha ish haqi, shuningdek vaqtincha yotoq-joy va uch mahal ovqatdan iborat “sotspaket” va’da qilingan.

Ammo migrantlar Mariupolda atigi 60-70 ming rubl to‘lashayotganidan arz qilishmoqda. Ko‘plari bu pulni Rossiyaning o‘zida ham topishardi.

20 yoshli Sunnatillo Mariupolda ishlay boshlaganiga bir oydan oshdi. “Bizga 120 ming rubl oylik va’da qilishgan, har oyning 15-sanasida 50 foiz bo‘nak berishlari kerak edi. Yarim oy uchun 45 ming rubl to‘lashdi. Vaqtinchalik turar-joy bilan uch mahal ovqat ham va’dada bor edi, ammo bizni rasvo bir binoga joylashirishdi, beradigan ovqatlarida maza-matra yo‘q. Xo‘jayinlar haqimizdan urib qolayotganidan, oylikni kechiktirayotganidan ko‘pchilik norozi”, dedi u Ozodlikning tojik xizmati bilan telefonda so‘zlashganida.

Sunnatillo qulay fursat bo‘lishi bilan Mariupoldan ketmoqchi.

Iso ismli boshqa migrant Mariupolda besh oydan beri ishlasa-da, hech qachon ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganini aytadi.

Ozodlik harchand urinsa-da, Mariupolga jo‘natish uchun quruvchilarni ishga yollash bilan shug‘ullanuvchi firma va xususiy shaxslardan izoh ololmadi.

Tahririyat Ukrainaning Rossiya qo‘shinlari vayron qilgan Mariupol shahrida ishlayotgan tojik migrantlaridan so‘nggi 15-20 kun ichida bir nechta shikoyat olgan.

Yozdan boshlab Rossiyaning ba’zi qurilish shirkatlari migrantlarni Mariupoldagi qurilish ishlariga taklif etmoqda. Rossiyadan Mariupolga jo‘natilgan Tojikiston fuqarolarining aniq soni ma’lum emas. Avgustdan beri Mariupolda ishlayotgan migrantlardan biri Ozodlikka birgina “Restavratsiya” qurilish shirkatining o‘zi 110 nafar ishchi jo‘natganini, ulardan aksari tojikistonliklar ekanini aytgan edi.

Россия-Украина: Урушнинг тасодифий қурбонлари - мигрантлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00

Ayni chog‘da huquq faollari migrantlarning Mariupolga yuborilishi qonunga xilofligini ta’kidlashadi. “Mariupol – Ukraina hududi, migrantlar u yerga ukrain hukumati ruxsatisiz borishgan. Mamlakatda urush davom etyapti, demak, quruvchi migrantlar asirga tushib qolishsa, Ukraina ularni milliy va xalqaro qonunchilikka binoan jazolaydi. Harbiy asirlar bilan munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi migrantlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”, deydi tojik huquq faoli Karimjon Yorov.

Avvalroq Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi Ozodlikka tojikistonlik migrantlar Mariupolni tiklash ishlariga jo‘natilgani haqida Rossiya hukumatidan rasmiy xabarnoma olmaganini bildirgan edi. Undan oldin esa elchixona Tojikiston fuqarolarini Ukrainaning xavfli hududlariga safar qilishdan tiyilishni iltimos qilgan.

Ukrainaning port shahri bo‘lmish Mariupol Rossiya bosqini boshlanganidan so‘ng uzoq vaqt qamalda qolgan va may oyi o‘rtalarida Rossiya qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgan. Hozirda Rossiya hukumati Mariupolni tiklashga urinmoqda va bunda mehnat migrantlaridan foydalanmoqda.

XS
SM
MD
LG