Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:25

"Chuqur xavotir" va "Ishchanlik ruhi". Oq Uy va Kreml Bayden - Putin videomuloqoti haqida


Matbuot uchun yopiq rejimda o‘tgan videomuloqotda AQSh va Rossiya aloqalariga doir ko‘pgina masalalar qilingani bildirilgan.
Matbuot uchun yopiq rejimda o‘tgan videomuloqotda AQSh va Rossiya aloqalariga doir ko‘pgina masalalar qilingani bildirilgan.

Qrim yarim oroli va Ukraina yaqinida Rossiya katta sondagi harbiy qo‘shin to‘plashi ortidan Kreml o‘zining keyingi niyati va rejalari borasida turli farazlarning urchishiga yo‘l ochib berdi.

AQSh va Rossiya prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putinning 7 - dekabr kuni o‘tgan videokonferensiya tarzidagi muloqotidan so‘ng ham shunday bo‘ldi. Muloqot matbuot uchun yopiq rejimda bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha qo‘shma bayonotlar berilmagan. Suhbat tugaganidan so‘ng taxminan bir soat o‘tib, Oq uy saytida qisqa xabarnoma paydo bo‘ldi.

Qrim yarim oroli va Ukraina yaqinida Rossiya katta sondagi harbiy qo‘shin to‘plashi ortidan Kremlning keyingi rejalari haqida turli farazlar ilgari surilmoqda.

Xuddi ilgari bo‘lgani kabi bu safar ham Kreml bayonoti Oq uy bayonotidan ancha keyinroq e’lon qilindi. Kreml bayonotining salkam yarmi Ukraina va NATO masalasiga bag‘ishlangan. Bayonotning qolgan qismida esa Eron yadroviy qurollari, kiberjinoyatlar va diplomatik munosabatlarni mo‘tadillashtirish haqida so‘z yuritlgan .

Ikkala bayonotda biroz umumiylik bor, har ikki tomon muayyan masalalar muhokamasini o‘z bayonotlarida turlicha talqin qilgan.

Misol uchun Oq Uy “Bayden AQSh va Yevropa ittifoqi Rossiyaning Ukraina yaqinida harbiy kuchlarini oshirayotganidan chuqur xavotirlarini bildirdi”, dedi. Bunga javoban, Kreml “Putin Qo‘shma Shtatlar bunda Rossiyani ayblamasligi kerakligini aytdi” deya keltirgan o‘z bayonotida va bu bilan NATO ni ayblagan. Shuningdek, Putin G‘arb “Ukrainani zabt etish uchun xavfli sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda” degan asossiz da’vo ham qilgan.

Kremlning ta‘kidlashicha, muzokaralar "ochiq va ishchanlik ruhida" o‘tgan. Ammo AQSh va Rossiyaning muhokama qilingan masalalar bo‘yicha pozitsiyalari qanchalik farq qilishini hisobga olinsa, vaziyat aslida Kreml so‘zlarining teskarisini ko‘rsatishi mumkin.

Ikki prezident kelishib olgan yagona aniq narsa AQSh va Rossiya o‘rtasida muzokaralarning davom etishidir.

Ukrainada bo‘layotgan voqealarni, shuningdek, Yevropadagi xavfsizlikka oid keskin qarama-qarshi pozitsiyalarni aks ettirgan ikki tomonning hisobotlari bir-biridan keskin farq qilib, kelgusi ziddiyatlar uchun eshiklarni ochiq qoldirdi.

Rossiyaning bayonotiga ko‘ra, keyingi muzokaralar Moskva yillar davomida xohlayotgan "xavfsizlik kafolatlari" deb ataydigan masalaga qaratiladi. Oxirgi haftalarda Moskva bu masalani qat‘iy talablar bilan ko‘tardi va yangi tafsilotlarni qo‘shdi. Harbiy kuchlarning joylashtirilishi G‘arbni hech bo‘lmaganda qisman ortga chekinishi uchun amalga oshirayotganini ko‘rsatadi.

Putin 1 - dekabr kuni Rossiya NATOning sharqqa, jumladan, Ukraina tomon kengaymasligi va Rossiyaga xavf tug‘diruvchi qurollarini “yaqin masofada” joylashtirilmasligi haqida rasmiy kafolatlar talab qilishini aytgan.

Kremlning Bayden va Putin muzokarasi haqidagi bayonotida bu so‘zlar biroz o‘zgargan holda quyidagicha takrorlangan: Rossiya "NATOning sharqqa kengayishini, chegara yaqiniga ayrim qurollar joylashtirilishini istisno qiluvchi ishonchli, qonuniy kafolatlar bo‘lishidan manfaatdor”.

Shuningdek, "Ikki davlat yetakchilari o‘z vakillariga ushbu nozik masalalar bo‘yicha batafsil maslahatlashuvlarga kirishishni tayinlashga kelishib oldilar", - deyiladi bayonotda.

AQSh va NATO Rossiya Ukraina yoki boshqa davlatlarning G‘arb ittifoqiga qo‘shilishiga veto qo‘ya olmasligini ta’kidlagan.

Oq Uy o‘z bayonotida muzokaralar G‘arb Rossiyaning Ukrainaga tahdididan xavotirlari sababli amalga oshganini ishora qilgan.

Bayden "Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta‘kidladi va vaziyatni yumshatish va diplomatiyaga qaytishga chaqirdi", - deyiladi xabarda.

Bayonot "Ikki prezident ham o‘z vakillariga vaziyatni nazorat qilib borishni topshirdi. AQSh buni ittifoqchilar va sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi" – deya yakun yasalgan.

XS
SM
MD
LG