Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:14

MIBga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol qutqarib qolindi (VIDEO)


Fotima Usmonovani qo‘shnilari qutqarib qoldi - videodan skrinshot
Fotima Usmonovani qo‘shnilari qutqarib qoldi - videodan skrinshot

15 - yanvar kuni Farg‘ona shahri, Mash’al mahallasida yashovchi Fotima Usmonova MIB xodimlariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan payti qutqarib qolindi.

42 yashar Usmonovaga ko‘ra, u yo‘qligida MIB xodimlari uyining eshigini buzib, ichkariga kirgan va narsalarini ko‘chaga chiqarib tashlagan.

Voqea ustiga kelgan Usmonova mibchilar faoliyatiga norozilik sifatida ustiga benzin sepib, gugurt chaqmoqchi bo‘lgan payti qo‘shnilari uni to‘xtatib qolgan.

3,5 oy avval MIB xodimlari uyidan majburlab chiqarmoqchi bo‘lgan namanganlik ayol o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘lgandi.

Qutqarib qolingan ayol

Voqea 15 - yanvar kuni Farg‘ona shahri, Mash’al MFY, Forobiy ko‘chasi, 9/9-uy, 9-xonadonda sodir bo‘lgan.

Uy bekasi Fotima Usmonova Toshkentga davolanishga ketgan payti MIB xodimlari kelib, uning uyiga eshikni buzib, kirishgan va uydagi narsalarni ko‘chaga chiqarib tashlagan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan Usmonovaning qo‘shnilari dastlab MIB xodimlarining uyga kirishiga to‘sqinlik qilgan. Bu holat voqea joyida tasvirga olinib, Ozodlikka yo‘llangan videoda ham aks etgan.

Ўзи уйида йўқ аёлнинг уйига мибчилар киришига қўшнилар тўсқинлик қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:38 0:00

Boshqa bir videoda Usmonovaning uyi eshigini buzish jarayoni aks etgan. Tasvirlarda IIB va MIB xodimlari Usmonova uyini buzib, ichkariga kirgani ko‘rinadi.

МИБ ходимлари эгаси йўқ уйнинг эшигини бузиб кирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:12 0:00

Usmonovaning qo‘shnilaridan biriga ko‘ra, MIB xodimlari ularning qarshiligiga qaramasdan uy ichidagi narsalarni ko‘chaga chiqarishni boshlagan.

Toshkentdan voqea ustiga yetib kelgan Fotima Usmonovaning 19 - yanvar kuni Ozodlikka aytishicha, u norozilik sifatida ustiga benzin sepgan:

- Yaqinda men qorda sirpanib, yiqildim va oyog‘im ikki joyidan singan, temir qo‘yishgan, hozir qo‘ltiqtayoqda yuribman o‘zim. Davolanishga Toshkentga ketgan paytim qo‘shnilarim MIB xodimlari eshigimni buzib, uyga kirganini aytishdi. Toshkentdan yetib kelgunimcha, eshigimni buzib kirib, bor narsalarimni Kamazga yuklab, olib chiqib tashlashayotgan ekan. Men to‘yganimdan benzinni olib ustimdan quyib yubordim. Qo‘shnilarim ushlab qolmaganida, qo‘limda gugurtim bor edi. Qo‘shnim qo‘limdan gugurtni olib qo‘ydi.

Ўзига ўт қўймоқчи бўлган аёл қутқарилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:21 0:00

Voqeaga guvoh bo‘lgan Usmonovaning qo‘shnilaridan biri, agar ular aralashmaganida fojia sodir bo‘lishi mumkinligini aytadi:

“Fotima benzinni sepgan payti MIB xodimlari ustiga ham sachrab ketdi. Keyin qo‘shnilar chaqqonlik qilib, Fotimaning qo‘lidan gugurtni oldik. Bo‘lmasa, u o‘ziga o‘t qo‘yib, o‘lgan bo‘lardi. Voyaga yetmagan qizi yetim qolardi”.

Mojaroga sabab bo‘lgan uy

Fotima Usmonovaga ko‘ra, u 2013 - yil 19 - dekabrida hozir yashayotgan uyini sotib olish uchun Farg‘onadagi “Turon bank”dan 80 million so‘m qarz olgan.

Ipoteka haqidagi shartnomada qayd etilishicha, Usmonovaga 80 million so‘m 18 foizlik ustama bilan 10 yil muddatga berilgan va garov sifatida sotib olingan uyning o‘zi qo‘yilgan.

- Bu uyni bir ayoldan 23 ming dollarga oldim. Uy bank zalogida edi. Mening nomimga o‘tgach, bankdan ipoteka krediti oldim. Ishsiz qolganim sabab 2017 - yilda bankka kredit to‘lovlarini to‘lay olmadim. Keyin kelishuv bitimi tuzildi va men to‘lanmagan pullarni va penyalarini ham to‘ladim. 2019 - yilga kelib, yana 5 oy to‘lay olmay qoldim. Ishsiz edim. Penyasini ham to‘layman, dedim. Lekin men bexabar ravishda uyimni auksionga qo‘yib, sotib, MIBga berib yuborishgan. Ular 2017 - yilda bekor bo‘lgan sud qarorini qayta qo‘llab, uyimni auksionga qo‘yishgan. Uyim 10 yilga kreditga olingan. Hali muddatim bor edi.

2023 - yilda yopilishi kerak edi. Men bankka 135 million so‘m to‘ladim. Faqat 33 million so‘m qarzim qolgan. Bankdan qarzimning hali muddati tugamay turib, uyimdan haydab chiqarishmoqchi,- deydi Fotima Usmonova.

“Turon bank”ning Toshkentdagi bosh ofisi Fotima Usmonova uyi bilan bog‘liq savollarga bankning Farg‘ona bo‘limidan javob olishimizni aytishdi.

Farg‘onadagi “Turon bank”ning Ozodlik bog‘langan xodimi Usmonova bilan bog‘liq vaziyat sud qaroriga ko‘ra qabul qilinganini aytish bilan cheklandi.

Farg‘ona shahar MIB boshqarmasi xodimi esa sud qarorini bajarish ularning vazifasi ekanini ta’kidladi:

“Usmonova Fotimaga 15 - yanvar kuni yana 10 kun muhlat berildi. Shu muddat ichida u uyni bo‘shatib qo‘yishi kerak. Sababi bu uy allaqachon auksionda boshqa odamga sotilgan. Biz uyni yangi egasiga olib berishimiz shart”, - dedi o‘zini tanishtirishni istamagan farg‘onalik mibchi.

Yonayotgan ayollar

O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlari xatti-harakatidan norozi bo‘lgan fuqarolarning o‘ziga o‘t qo‘yish hollari bundan avval ham sodir bo‘lgan.

O‘tgan yilning 29 - sentabrida Namangan shahar, Istiqbol MFYda istiqomat qilgan 35 yashar yolg‘iz ayol Gulandom Dedabayeva o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘ldi.

МИБ ходимлари уйидан мажбурлаб чиқармоқчи бўлган наманганлик аёл ўзига ўт қўйиб ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:30 0:00

Yaqinlariga ko‘ra, Gulandom ikki yarim yil avval sotib olgan uyidan majburan chiqarmoqchi bo‘lgan MIB xodimlariga shu tariqa o‘z noroziligini izhor qilgan.

30 - noyabrda esa Andijonda qizining o‘limi bo‘yicha olib borilayotgan tergovga norozilik belgisi sifatida o‘ziga o‘t qo‘ygan ayol tirik qoldi.

XS
SM
MD
LG