Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:50

Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirishga buyruq berdi. Eksport allaqachon qisqargan edi


Shavkat Mirziyoyev - Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev - Prezident matbuot xizmati

16 - dekabr kungi videoselektorda Shavkat Mirziyoyev hukumatga gaz eksporti hajmini qisqartirib, ichki iste’molga yo‘naltirish haqida topshiriq berganini ma’lum qildi.

Bu joriy yilning noyabr oyi oxirgi o‘n kunligida mamlakatda o‘tkir gaz va elektr taqchilligi kuzatila boshlaganidan buyon o‘tgan qariyb bir oy vaqt mobaynida Mirziyoyevning ayni muammoga birinchi bor e’tibor qaratishi.

Mirziyoyev 2016 - yil dekabrida prezidentlikka kelishidan avval aholining gaz va elektr muammosini hal qilishga va’da bergan edi. Ammo o‘tgan vaqt ichida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmagan, bu yil esa havo haroratining keskin tushib ketishi energetika sohasidagi jiddiy bo‘hronga sabab bo‘ldi.

Qator hududlar, jumladan, Andijon va Buxoroda sovuqda qolgan aholining norozilik chiqishlari kuzatildi.

Хоразмлик онахон: газ йўқ, свет йўқ, гуноҳимиз нима?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:50 0:00

Eksport allaqachon qisqargan

Mirziyoyevning aytishicha, respublika bo‘ylab gaz ta’minotida sutkasiga 20 million metr kub tanqislik mavjud. Prezident hukumatga gaz eksportini qisqartirish haqida topshiriq berganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuniga 7−8 million metr kub qo‘shimcha gaz aholi ehtiyoji uchun yo‘naltiriladi.

Ammo O‘zbekistonning gaz eksporti hozirning o‘zida kamida uch barobarga qisqargan. Shu yilning iyulidagi hukumat yig‘ilishida Mirziyoyev koronavirus pandemiyasining tashqi bozorlarga ta’siri sabab O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti 3 baravarga qisqargani, Rossiyaga eksport esa butkul to‘xtatilganini aytgan.

Rossiya nashrlari eksport hajmi keskin qisqargani bois O‘zbekistonda gaz zahiralari ortib qolayotgani va ichki ehtiyoj uchun ortiqcha tabiiy gaz paydo bo‘lgani haqida yozgan. Hukumatning hozirgacha ortib qolgan gazni aholi ehtiyojiga yo‘naltirishiga nima to‘sqinlik qilgani ma’lum emas. Mirziyoyev o‘z chiqishida bunga izoh bermadi.

Eski muammo

Mirziyoyev o‘z chiqishida hukumatning qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini o‘tgan 30 yilda yig‘ilib qolgan muammolar bilan tushuntirishga urindi.

«Gaz tizimi bilan bog‘liq muammolar bugun yuzaga kelmagani, balki o‘ttiz yildan beri bizni qiynab kelayotganidan barchamiz xabardormiz», — dedi Prezident. Ayni paytda u "buni bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q"ligini ta’kidladi.

Ўзбекистонда ҳаво совуди¸ газ ва свет масаласи яна кун тартибига чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:40 0:00

U aholining gaz va elektr tarmoqlari idoralari bilan bahslarida iste’molchilar tomonida ekaniga ishora qilgan. «Xalqimizga gaz kerak, ularning ko‘pchiligi buning uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida halol qilib, to‘lab kelmoqda», — deb aytgan prezident.

Mirziyoyev soha rahbarlarini javobgarlik haqida ogohlantirgan. "Kuni-kecha gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdim. Buning hisobiga, kuniga 7−8 million metr kub gaz qo‘shimcha ravishda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltiriladi. Shundan keyin ham gaz bo‘lmasa, xafa bo‘lmanglar. Qonun oldida javob berasizlar», — deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Gazeta.uz» nashri.

106 kishi o‘ldi, 190 odam zaharlandi

Mirziyoyev 16 - dekabr kungi yig‘ilishda bu yil kuz-qish mavsumi boshidan buyon is gazidan zaharlanganlar va vafot etgan odamlar soniga doir raqamlarni keltirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar bunday holatlar oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan, 190 nafari zaharlangan va kuyish tan jarohati olgan.

Mirziyoyev 16 - dekabr kuni Yangiyo‘l tumanida 3 nafar fuqaro is gazidan vafot etganini ham aytgan. Shu kunning o‘zida mahalliy nashrlar Samarqand viloyatida bir ayol uch farzandi bilan is gazidan zaharlangani haqida yozdi.

Ozodlik oxirgi bir oyda gaz va elektr taqchilligi oqibatida yuz bergan bir necha o‘lim holatlari haqida xabar bergan edi.

Ammo Mirziyoyev is gazidan o‘lim hollarini ko‘proq yong‘in xavfsizligi bilan bog‘lagan. Mahalliy matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, prezident bosh vazir Aripovga FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini isloh qilish va yangi tizim yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish haqida topshiriq bergan.

Ijtimoiy tarmoqlar va matbuotga dastak

Prezident Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlarda aholining energiya ta’minoti muammolari bilan bog‘liq qariyb 2 mingga yaqin maqola va videoroliklar orqali chiqishlari qayd etilganini aytgan.

U jurnalist va blogerlarni jamiyatdagi muammolarni ko‘tarib chiqayotgani uchun olqishlagan.

«Menga balandparvoz gaplar va raqamlar kerak emas. Joylardagi rahbarlarning ishlari natijadorligiga ijtimoiy tarmoqlarda xalqimiz xolis baho bermoqda.

"Jurnalistlarimizga, blogerlarimizga rahmat, ochiqlik tufayli shu muammolardan xabar topyapmiz", - deb aytgan Mirziyoyev.

O‘tgan oy oxirida aholining gaz va svet muammosini yoritgan qator mahalliy nashrlar matbuot regulyatori - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bosimi ostida qolgan edi. AOKA 26-27 - noyabr kunlari Kun.uz va boshqa qator mustaqil nashrlarni aholining gaz va svet muammosi, shuningdek, koronavirus statistikasiga rasmiylarnikidan farqli yondashgani bois "jiddiy oqibatlar"dan ogohlantirgan edi. Mahalliy nashrlar agentlikning Ogohlantirish xatini mustaqil matbuotga bosim, deb baholagan.

Ogohlantirish Toshkentdagi qator g‘arb diplomatlarining tanqid va xavotirlariga sabab bo‘ldi. 3 - dekabr kuni Toshkentda o‘tgan matbuot anjumanida BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer o‘zbek rasmiylarini mustaqil OAV vakillarini erkin ishlashiga yo‘l berish bo‘yicha BMT talablarini to‘liq bajarishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG