Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2021, Тошкент вақти: 03:31

"Mirziyoyevning turg‘unlik davri - islohotlar ehtimoli juda oz"


Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan, Toshkent - 4 -oktabr, 2021

Islohotlarni oxiriga yetkazish ikkinchi muddatga ham saylanish kerak, degani emas. Ba’zi islohotlar birinchi muddatning yarmida-yoq poyoniga etgan bo‘ladi. Juda oz islohotlar uchun ikkinchi muddat talab qilinadi.

Mirziyoyevning islohoti deb atayotganimiz o‘zgarishlar uning birinchi muddati birinchi yarmida amalga oshirilgan. Ikkinchi yarmi turg‘unlik davri bo‘ldi (har holda menga shunday tuyuladi). O‘rtadagi ana shu turg‘unlik davri islohotni yakunlash uchun ikkinchi muddat ham kerak, degan bahonani tamoman yo‘qqa chiqaradi.

Agar o‘zgarishlar hozirgacha davom etib kelganda edi, islohotni davom ettirish haqida gapirsak bo‘lar edi. Boz ustiga, turg‘unlik davridan keyin ortga qaytish bosqichi kelmasligiga kafolat bormi?

Karimov vafotidan keyin hokimiyatda kuchlar va iqtisodiy resurslar qayta taqsimlandi. Shu asnoda bir chang ko‘tarilib, xalq biroz erkinlikni his qildi. Ammo bu taqsimot jarayoni ancha sovib, bir muvozanatga kelgan.

Bundan buyon elita "status-kvo"ni imkon qadar saqlashga harakat qiladi. Shu bois, ikkinchi muddatda islohotlar bo‘lishi ehtimoli juda-juda oz.

Agar xato qilayotgan bo‘lsam, bundan avvalo o‘zim xursand bo‘lardim.

Xurshid Yo‘ldoshev

Feysbukdan olindi

OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtai nazari tahririyat nuqtai nazarini aks ettirmaydi.

XS
SM
MD
LG