Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:18

Misrda qadimgi piramidani "renovatsiya" qilish rejasi noroziliklarga sabab bo‘ldi


Misr piramidalari. Illyustrativ surat.
Misr piramidalari. Illyustrativ surat.

Misrdagi Menkaur granit piramidasini ta’mirlash ishlari tanqidlarga sabab bo‘lmoqda, ekspertlardan biri buni «bema’nilik» deb atadi, deb yozadi “Guardian” nashri.

Juma kuni Facebook’da e’lon qilingan videoda Misrning Qadimiy osori atiqalar oliy kengashi rahbari Mustafo Vaziriy Gizadagi Sfinks va kattaroq Xafr va Xeops piramidalari yonida joylashgan Menkaur piramidasi poydevoriga ishchilar granit bloklari o‘rnatayotganini ko‘rsatdi. Ushbu piramida uchta asosiy piramidalardan eng kichigidir. Vaziriy bu ishlarni "asr loyihasi" deb atadi.

Piramida dastlab granit toshlar bilan qoplangan, ammo vaqt o‘tishi bilan bu qobiqning bir qismi yo‘qolgan. Ta’mirdan maqsad esa o‘sha qobiqni qayta tiklash orqali piramidaning asl ko‘rinishini qaytarishdir.

Ish uch yil davom etishi kutilmoqda va bu “Misrning 21-asrda dunyoga tuhfasi” bo‘ladi”, deydi loyihaga mas’ul Misr-Yaponiya missiyasi rahbari Vaziriy.

Ammo video ostida o‘nlab odamlar o‘z noroziligini bildirib izoh qoldirgan.

"Imkonsiz!" deb yozgan misrshunos Monika Hanna.

Эски шаҳар & Tashkent city одамлар тақдирида (2-қисм)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:46 0:00

“Menkaur piramidasiga plitka yopishtirish qoldi o‘zi! Misr merosini asrashdagi bema’niliklarga qachon chek qo‘yamiz o‘zi?” deb so‘raydi u.

"Xalqaro ta’mirlash yo‘riqnomalari bunday ta’mirlashni taqiqlaydi", deya qo‘shimcha qildi Hanna va barcha arxeologlarni buning oldini olish uchun harakat qilishga chaqirdi.

Videoga ayrim izoh qoldiruvchilar kinoya bilan javob berishdi. "Piza minorasini to‘g‘rilash loyihasi qachonga rejalashtirilgan?" deb so‘raydi biri.

"Nega tosh o‘rniga piramidalarga gul qog‘oz yopishtirmaysiz?" deydi boshqasi.

Yalpi ichki mahsulotining 10 foizini turizmdan oladigan Misrda tarixiy madaniy merosni asrash masalasi ko‘pincha qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi.

Yaqinda Qohiradagi butun boshli tarixiy mavze vayron qilingani jamoatchilikning kuchli noroziligiga sabab bo‘lgandi. Odamlar siyosiy masalalarda odatda o‘z noroziligini bildira olmaydigan bu davlatda, ular ko‘proq e’tiborni shaharsozlik va meros masalalariga qaratishadi.

Yaqinda Misrning ikkinchi yirik sohil shahri Iskandariyadagi 15-asrga oid Abu al-Abbos al-Mursiy masjidi atrofida ham tortishuvlar avjiga chiqqandi.

Ta’mirlash uchun mas’ul pudratchi masjidning nafis naqshlar tushirilgan rangli shiftini oqqa bo‘yashga qaror qilganidan so‘ng, mahalliy hokimiyat tekshiruv o‘tkazganini e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG