Bosniyalik serblar sobiq qo‘mondoni Ratko Mladich ayni paytda Haaga tribunali hibsxonasida saqlanmoqda.
Mladich seshanba kuni Belgraddan Hollandiyaning Rotterdam shahriga maxsus uchqichda olib kelindi va u yerdan vyertolyotga o‘tqazilib, Haagaga keltirildi.
Urush jinoyatlarida ayblanayotgan Ratko Mladichning Haagaga ekstraditsiyasi kutilganidan tez amalga oshdi.
Aholi noroziligi kuchayishidan qo‘rqqan serb rasmiylari Mladichni ekstraditsiya qilish jarayoni boshlangani haqida kech e‘lon qilishdi.
Serbiya adliya vaziri Snejana Malovich bosniyalik serblar sobiq qo‘mondoni Ratko Mladichni Haagadagi xalqaro tribunalga topshirish jarayoni boshlanganini e‘lon qilgan paytda Mladich allaqachon Hollandiyaga uchadigan samolyot bortida bo‘lgan.
Payshanba kuni 16 yillik qidiruvdan so‘ng qo‘lga olingan 69 yoshli Mladich 1992-95 yillardagi Bosniya urushi davrida insoniyatga qarshi jinoyat, genotsidni amalga oshirganlikda ayblanadi.
Mladichga qo‘yilayotgan ayblovlar orasida 1995 yilda Srebrenitsada 7,5 ming musulmonning qatl etilishi bilan bog‘liq jinoyatlar ham bor.
31 may kuni Belgrad sudi Ratko Mladichning Haaga xalqaro tribunaliga topshirish haqidagi avvalgi sud hukmi bo‘yicha uni advokati kiritgan da‘vo arizasini qondirmadi.
Advokat Milosh Saljich o‘z mijozi ahvoli yomon ekanini aytib, suddan uni ekstraditsiya qilish haqidagi qarorni bekor qilishni so‘ragan edi.
Ammo serb rasmiylari Mladichning jismoniy ahvoli mahkamada ishtirok etolmaydigan darajada yomon ekanini rad etishgan.
Haaga mahkamasi rasmiylari Mladich to‘la tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng uni ustidan mahkama boshlanishini aytishgan.
Seshanba kuni Haagaga ekstraditsiya etilishidan oldin Ratko Mladichgga 1994 yilda o‘z joniga suiqasd qilgan qizi Annaning qabrini ziyorat etishiga ruxsat berildi.
Mladich qo‘riqchilar qurshovida qizi qabriga gul qo‘ydi.
Xabarlarga ko‘ra, 23 yoshli Anna otasining jinoyatlari haqida matbuotda xabarlarni o‘qib, o‘z joniga qasd qilgan.
Ratko Mladichning Haaga tribunaliga topshirilishi Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo‘lishligi uchun qo‘yilgan asosiy talablardan edi.
Serbiya prezidenti Boris Tadich general Mladichning hibsga olinishi Serbiya uchun Yevropa Ittifoqiga a‘zolik eshiklarini ochganini aytdi.