Линклар

Шошилинч хабар
29 май 2023, Тошкент вақти: 09:26

Navalniyni ta’qib qilgan FSB xodimlari Nemsovni ham o‘ldirilishidan oldin kuzatgan


Boris Nemsov.

The Insider, Bellingcat va Bi-bi-si jurnalistlari rossiyalik muxolifat siyosatchi Boris Nemsovni suiqasdiga qadar bir yil davomida FSB xodimlari kuzatib yurganini aniqladi. Ayni xodimlar boshqa muxolifatchilar, jumladan, Aleksey Navalniy, Vladimir Kara-Murza va Dmitriy Bikov hayotiga qasd qilinishiga ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Nemsovni qadam-ba qadam kuzatish u Vladimir Putinga yaqin kishilarga nisbatan sanktsiyalarni kuchaytirishni faol targ‘ib qilishga kirishganidayoq boshlanib, 21-fevralda – siyosatchini Kreml devorlari yonida o‘ldirib ketishlariga bir necha kun qolganida to‘xtatilgan, hatto Nemsovning so‘nggi safarida FSB xodimlari uni ta’qib qilmaganlar, deyiladi surishtiruvda.

Chiptalarni bron qilish xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Nemsovning izidan FSBning kamida uch xodimi – Valeriy Suxarev, Dmitriy Suxinin hamda Aleksey Krivoshchekov kuzatuv olib borgan.

Valeriy Suxarev bilan Nikolay Krivoshchekovlar oldinroq Bellingcat guruhining muxolifatchi Aleksey Navalniy, Nemsovning safdoshi Vladimir Kara-Murza, shuningdek shoir va jurnalist Dmitriy Bikovlarning zaharlanishiga bag‘ishlangan surishtiruvida ham tilga olingan.

Кремлнинг ашаддий танқидчиси Борис Немцов ўлдирилганига 5 йил тўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:19 0:00

Surishtiruvda aniqlanishicha, pasportidagi ismi Valeriy Suxarev bo‘lmish kimsa Boris Nemsovni uning Rossiya bo‘ylab 13 ta safarida kuzatib yurgan. Aksar hollarda siyosatchi o‘zi muqim yashagan Moskva shahrida poezdga o‘tirib, viloyat dumasiga deputat bo‘lib saylangan Yaroslavlga borgan. Kamida bir marta Suxarevning yoniga FSBning boshqa muhtamal tezkor xdimi – Aleksey Krivoshchekov qo‘shilgan. Suxarev Nemsovning ortidan oxirgi marta 2015-yil 17-fevralda – u Kreml yaqinida o‘ldirilishidan 10 kun oldin kuzatgan.

Surishtiruvchilar Valeriy Suxarev FSBning Konstitutsion tuzumni himoya qilish xizmatida ishlashini taxmin qilishmoqda. Ichki siyosiy tahdidlarning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi mazkur xizmat oddiy xalq orasida qisqagina “2-xizmat” nomi bilan tanilgan.

Bellingcat ma’lumotiga ko‘ra, qolgan xodimlar FSBning Kriminalistika institutiga aloqador, G‘arb mamlakatlariga qochib o‘tgan sobiq sovet razvedkachilari ushbu institut tarkibida zaharli moddalar maxfiy laboratoriyasi mavjudligini aytishgan.

Navalniyga kelsak, Suxarev uni jismonan kuzatishda ishtirok etmagan, ammo, mobil telefon qaydlariga ko‘ra, u ta’qib olib borayotgan xodimlar, shuningdek FSBning yuqori martabali mulozimlari bilan aloqada bo‘lib turgan. Suxarev bilan guruh a’zolari o‘rtasida jami 150 tacha qo‘ng‘iroq va xabar almashuv bo‘lganligi surishtiruvchilarga ma’lum.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov surishtiruvda tilga olingan ma’lumotlarga Rossiya rahbariyatining daxli yo‘qligini aytdi. “Bularning bari navbatdagi uydirmaga o‘xshayapti”, dedi u.

FSB Bi-bi-si so‘roviga javob bermadi.

  • 2014-yilda Nemsov Rossiyaning Ukrainaga agressiyasiga qarshi qaratilgan tinchlik marshlari tashkilotchilaridan biri bo‘lgan edi. U Putinga yaqin mulozim va oligarxlarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishiga erishgan.
  • 2014-yil 20-martda AQSh sanksiya qo‘llangan shaxslar qo‘shimcha ro‘yxatini e’lon qildi. Bu ro‘yxatga Davlat dumasining o‘sha paytdagi raisi Sergey Narishkin, GRU (Bosh razvedka boshqarmasi) boshlig‘i Igor Sergun, “Rossiya temir yo‘llari” davlat shirkati rahbari Vladimir Yakunin, shuningdek “Putinning cho‘ntaklari” o‘laroq tanilgan tadbirkorlar – Yuriy Kovalchuk, Arkadiy va Boris Rotenberglar hamda Gennadiy Timchenko kiritildi. Shu voqeadan ikki oy o‘tib Nemsovni FSB xodimlari ta’qib qila boshlagan.
  • Boris Nemsov 2015-yil 27-fevral kuni Moskvada o‘ldirildi. Siyosatchining o‘limida chechenistonlik besh rkakni ayblab, sud qilishdi. Muxolifatchining safdoshlari buyurtmachi aniqlanmagani sababli jinoyat to‘liq ochilmadi, deb hisoblaydilar. Suiqasd uchun siyosiy javobgarlikni ular prezident Vladimir Putin zimmasiga qo‘yishmoqda.
XS
SM
MD
LG