Линклар

Шошилинч хабар
23 июн 2025, Тошкент вақти: 20:40

Netanyahu: Isroil 1967 yilgi chegaraga qaytmaydi


Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu yahudiy davlati 1967 yildagi chegaralarga qaytmasligini bayon qildi.

Bunga qadar Barak Obama Isroil hukumatini 1967 yildagi chegaraga qaytish masalasi Isroil-Falastin tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatining asosiy sharti ekanini tan olishga chaqirgan edi.

AQShda Isroil manfaatlarini targ‘ib qiladigan Amerika-Isroil jamoatchilik ishlari qo‘mitasi a‘zolari oldida dushanba kuni chiqish qilgan Netanyahu avvalgi 1967 yilgacha bo‘lgan chegaralar Isroilni mudofaa qilish imkonini bermasligini aytib, Obama taklifini yana bir bor qat‘iyan rad etdi.

- Ertaga men AQSh Kongressida Falastin va Isroil davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro tinchlik muzokaralari qanday aks etishi mumkinligi haqida chiqish qilaman. Lekin bir narsaga ishonchingiz komil bo‘lsinki, bu kelishuv Isroil xavfsizligini dahlsiz qoldirishi shart va shuning uchun Isroil mudofaa qilish imkoni bo‘lmagan 1967 yilgi sarhadlarga qayta olmaydi,- dedi Benyamin Netanyahu.
XS
SM
MD
LG