Линклар

Шошилинч хабар
01 декабр 2023, Тошкент вақти: 04:09

Nijniy Novgorodda 23 o‘zbekistonlik hibsga olindi


Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida O‘zbekistonning 23 fuqarosi rasmiy Toshkent so‘roviga ko‘ra hibsga olingani xabar qilinmoqda.

Bi-Bi-Sining Memorial Inson huquqlari markazi faoli Bahrom Hamroyevga tayanib xabar qilishicha, Rossiyada mardikorlik qilgan 23 o‘zbekistonlikning barchasi O‘zbekiston Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilganlikda ayblanmoqda.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari rasmiy Toshkent so‘roviga ko‘ra, avval ham hisbga olingan.

Xususan, 2005 yil Andijon voqealaridan keyin Ivanovo viloyatida 14 nafar o‘zbekistonlik hibsga olingan edi. Rossiya rasmiylari 2006 yilning oktabrida Inson huquqlari Yevropa Sudi hukmiga ko‘ra ularni ozod etgan va ba‘zilariga tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG