Линклар

Шошилинч хабар
03 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:00

"O‘lim siropi": O‘zbekiston rasmiylari JST ogohlantirgan doriga qarshi nega chora ko‘rmadi?


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” tabletkasi va siropining nojo‘ya ta’siri bilan bog‘langan o‘lim holatlari tekshirilayotganini ma’lum qildi.

SSV bayonoti Samarqandda 15 nafar bolaning ayni doridan vafot etganiga doir tarmoqlarda tarqalgan xabar ortidan yangradi.

Shu yilning 5-oktabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘tal siroplaridan bolalar o‘limi holatlari qayd etilgani haqida ogohlantirgan edi.

Jamoatchilik faollari bu dorilardan o‘lganlarning haqiqiy soni o‘zbek rasmiylari berayotgan raqamlardan ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. OOO kompaniyasiga tegishli "Dok-1 Maks" tabletka limon va asal ta’mli kletchatka dori vositalar o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

“Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi. Uning tarkibiga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi”, deyiladi 22- dekabr kuni tarqatilgan rasmiy xabarda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini bildirdi.

Shuningdek, vazirlik "Dok-1 Maks" dori vositalarining O‘zbekiston hududidagi savdosi 2022-yil 22-dekabrdan vaqtincha to‘xtatilgani va uning realizatsiyasi bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlar ogohlantirilganini e’lon qildi.

Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasi O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori va "Dok-1 Maks" dori vositalari realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi “Quramax Medikal Namangan filiali” vakillari Ozodlik so‘roviga sotuv to‘xtatilganini tasdiqlashdi.

- Farmatsevtika qo‘mitasidan bizning bosh ofisimizga vaqtinchalik sotmay turish bo‘yicha talabnoma berilgan. Karantinga olib qo‘yilgan mahsulotlar. “Tekshiruv natijalari chiqquncha sotuvga chiqmay tursin”, deyildi. "Dok-1 Maks" dori vositalari Hindistonda ishlab chiqariladi, biz faqat sotamiz uni. Qolgan savollar bo‘yicha bosh ofisimiz javob beradi, dedi farmatsevtika kompaniyasining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida so‘nggi ikki oy ichida Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” hapdorisi va siropini ichgan 20 dan ziyod bolada dorilarning nojo‘ya ta’siri kuzatilgani, buning ortidan hatto 15 nafar bola nobud bo‘lganiga oid ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Samarqand viloyat bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi M. Azizovning bu borada viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D. Jumaniyozovga 15-dekabr kuni yozgan xatida aytilishicha, joriy yilning oxirgi 2 oyida “Dok-1 Maks” ichirilgan 21 nafar bemor bolada “buyrak zararlanishi va yetishmovchiligi belgilari namoyon bo‘lgan”, ularda asosan anuriya kuzatilgan.

“Bulardan 17 tasida kasallik nihoyatda og‘ir kechdi, hatto bir necha gemodializ seanslarini o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. 15 nafarida o‘lim holati kuzatildi”, deyilgan bosh vrach M. Azizov maktubida mazkur preparatni bolalarda qo‘llashni taqiqlash bo‘yicha buyruq chiqarish so‘ralgan.

Idora rasmiysi o‘z xatida oxirgi oylarda Samarqand viloyatida ayniqsa bolalar orasida nafas yo‘llari virus kasalliklari ancha ko‘paygani va Soqliqni saqlash vazirligining birlamchi bo‘g‘in shifokorlari Dok 1 Maks preparatini “juda ko‘p” qo‘llayotganini e’tirof qilgan.

Smartgov Consulting kompaniyasi ijrochi direktori va bloger Aziza Umarova o‘zining Feysbuk sahifasida shu yilning oktabr oyida Gambiyada 70 bola, Indoneziyada esa yana 100 bola Hindistonda ishlab chiqarilgan siroplarni ichganidan so‘ng o‘lgani haqida yozdi.

- Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu o‘limlar ortidan darhol barcha mamlakatlarni siropdan yoppasiga o‘lish haqida ogohlantirgan va bu preparat tarkibida ‘izn berilmagan dozada ’ dietilenglikol va etilenglikol borligini ko‘rsatgan edi. Tashkilot bayonotiga ko‘ra, bu siroplarda buyrakka o‘ta og‘ir shikast yetkazuvchi potensial xatar bor, deya taqiq ostiga tushgan hind dorilari ro‘yxatini keltirgan, deb yozdi Aziza Umarova.

Jamoatchilik faoli bu dorilardan o‘lganlarning real soni rasmiylar berayotgan raqamlardan ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Aziza Umarova muammo dori ishlab chiqarayotgan kompaniyalar, kontrafakt dori darmonlar ko‘pligi va O‘zbekistonda ularni retseptsiz istagan aptekada sotib olish mumkinligiga bog‘ladi.

Toshkentlik bloger Nikita Makarenko rasmiy idoralar yo‘talga qarshi hind siroplari, jumladan Dok 1 Max” ning xavfliligi to‘g‘risidagi ma’lumot o‘zbekistonliklarga yetkazilmaganiga e’tibor qaratdi.

“Bizning Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligimiz ham, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham O‘zbekiston xalqini ogohlantirishni zarur deb bilmadi. Vaholanki 5-oktabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy bayonotida Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘tal siroplaridan bolalar o‘limi holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

JSST 5-oktabr kuni barcha mamlakatlarni bunday dorilarni aniqlashga va ulardan foydalanishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Nega O‘zbekistonda sohaga mas’ullarning hech biri bu haqda bong urmadi? - deb yozadi Nikita Makarenko.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Ozodlik savollariga javob bermadi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining hind yo‘tal siroplaridan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ogohlantirishi yuzasidan biron chora ko‘rgani yoki ko‘rmagani haqidagi savol hozircha ochiq qolmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan o‘zbekistonlik farmakolog Rahima Ochilova muammo O‘zbekiston farmakologiya bozorida saqlanib qolayotgan betartiblikda, deydi.

- "Doktor MAKS" O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydi. Bu yerda o‘z ixtirosi asosida dori-darmon ishlab chiqaradigan kompaniyalar yo‘q. Preparatlar faqat chetdan olib kelinadi. Hindiston dorilariga o‘zi ishonch yo‘q – ular uyida ham ishlab chiqaraveradi. O‘zini hurmat qilgan farmakologlar ayniqsa Hindistondan keladigan dorilarga ehtiyot bo‘lib qarashadi. Chunki kontrafaktlar ham ko‘p. O‘zim ham iste‘mol qilmayman. Biz O‘zbekistonda, masalan, Chexiyadan, qolaversa, o‘sha Rossiyadan keladigan dorilarni yaxshi qabul qilamiz, ishonamiz ularga. Oxirgi yillarda bozorimizda Hindiston kompaniyalari ko‘payib ketgan, dedi respublikada farmakologiya sohasida jiddiy muammolar mavjudligi va bozor tartibga solishini kerakligi vaqti allaqachon yetib kelganini ta’kidlagan Rahima Ochilova.

Qirg‘iziston hukumati esa 23-dekabrdan boshlab “Doc-1 Max” preparatini sotishni taqiqladi. Taqiq O‘zbekistonda bolalar o‘rtasida ommaviy o‘lim holatlari qayd etilgani bilan bog‘liq holda kiritilgani aytilmoqda.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 2022-yil 23-dekabrdan boshlab Qirg‘iziston Respublikasi hududida savdoni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilindi. Shuningdek, namunalar laboratoriya tahlillari uchun Markaziy nazorat-tahlil laboratoriyasiga (SKAL) jo‘natildi”, — deyiladi Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Dori vositalari va tibbiyot buyumlari departamentiga tayanib Vesti.kg nashri xabarida.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Gambiyada Hindistonning Maiden Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan to‘rtta yo‘tal siropini qabul qilgan kamida 66 bola halok bo‘lganidan keyin shu yilning oktabr oyi boshlarida o‘zining global miqyosda ogohlantirishlarini e’lon qilgandi.

Vrachlar aynan Hindistondan keltirilayotgan yo‘tal siroplaridan nobud bo‘lish holatlari ishgari ham kuzatilganini qayd etgan. Xususan, 2013-yilda Pokistonda 10ta bola yo‘tal siroplaridan vafot etgani ma’lum.

Gambiyadagi holatlarda ham bolachalar buyrak zararlanishi va yetishmovchiligi belgilaridan nobud bo‘lgani qayd etilgan.

Bu masala yuzasidan Hindistonning o‘zida Dori-darmon vositalari standartlari ustidan nazorat bo‘yicha Markaziy tashkilot tomonidan tergov ishlari boshlangani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG