Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:36

O‘zbek-qirg‘iz chegarasi: So‘x-Rishton yo‘li ochildi (VIDEO)


Yo‘lning tantanali ochilishida Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorov (chapda) va Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakili O‘murbek Suvanaliyev (o‘ngda) ishtirok etdi.
Yo‘lning tantanali ochilishida Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorov (chapda) va Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakili O‘murbek Suvanaliyev (o‘ngda) ishtirok etdi.

1 - aprel kuni O‘zbekistonning So‘x ekslavini Farg‘ona viloyati bilan bog‘lovchi yo‘ldagi “Qaytmas”- “Etikchi” chegara postlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakili O‘murbek Suvanaliyev va Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur chegara postlari orqali hozircha yo‘lovchi tashuvchi avtomashinalar va piyodalar o‘tkaziladi. Yuk tashuvchi og‘ir avtomashinalar hozircha chegaraning bu qismidan o‘ta olmaydi.

Сўх туманида Сўх-Риштон йўлининг очилиш маросими.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:08 0:00

Viloyat hokimi So‘x tumaniga mikroavtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilganini bildirgan. Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi mazkur yo‘l O‘zbekiston hisobidan ta’mirlanadi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 26 - martda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida So‘xni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi 19 kilometrli Rishton-So‘x yo‘lidagi chegara maskanlari ochilishini bildirgan, bu ma’lumotni Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mahalliy nashrga 28 - martda bergan intervьyusida tasdiqlagan edi.

"Tomonlar kelishib oldi. 2021 - yilning 1 - aprelidan boshlab Rishton - Qaytpas va Etikchi - Tul chegara maskanlari ochiladi”,-dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 26 - martda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Фарғоналик блогер Дима Қаюм билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:48 0:00
Бевосита линк

Qirg‘izistonning Botken viloyati bilan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati chegarasidagi Chashma bulog‘i qaysi davlatga tegishli ekanligi to‘g‘risida ikki mamlakat bir qarorga kelgani yo‘q. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 30 - mart kuni O‘sh viloyatida aholi bilan uchrashuvda bildirdi.

Tashiyev 26 - martda Bishkekda o‘tkazgan matbuot anjumanida Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida bahsli hudud qolmagani, bu masalani tomonlar 100% hal qilgani to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Qamchibek Tashiyev bu bayonotni o‘zi yetakchilik qilgan hukumat delegatsiyasi 24-25 - mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlar ortidan qilgan. So‘zlashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir Abdulla Aripov yetakchilik qilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili 26 - martda qirg‘iz rasmiysi bayonotlari yuzasidan mahalliy nashr savoliga javoban kelishuv hozircha "ishchi guruh kelishuvi" ekanini, yakuniy kelishuv ikki davlat bosh vazirlari tomonidan tasdiqlangach e’lon qilinajagini bildirgan.

Biroq O‘zbekiston tomoni chegara bo‘yicha so‘zlashuvlar natijalari to‘g‘risida shu kungacha rasmiy bayonot e’lon qilgan emas.

Bishkek rasmiysi bayonoti e’lon qilinguniga qadar O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida 2017 - yili erishilgan kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasidagi chegaraning 1170 kilometri (85%), o‘tgan vaqt mobaynida yana 10 % ga yaqini aniqlangani aytilgan.

Hal bo‘lmayotgan 10% tarkibiga O‘zbekistonning atrofi Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan So‘x eksklavi aholisini O‘zbekistonning asosiy hududi bilan bog‘lovchi qisqa yo‘l va Chashma bulog‘i bilan bog‘liq masalalar kiradi.

Aynan Chashma bulog‘i 2020 - yil, 31 - may kuni Farg‘ona viloyat So‘x tumanidagi Chashma qishlog‘ida suv ustida chiqqan janjal munosabati bilan tilga olingan edi.

Buning ortidan yuz bergan ommaviy tartibsizliklar chog‘ida, O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, So‘x tuman shifoxonasiga o‘q egan va jarohatlangan 187 o‘zbekistonlik keltirilgan, bularning 3 nafari ov miltig‘idan yaralangan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra esa, jami 25 qirg‘izistonlik jarohatlangan, ulardan 4 nafari og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Intsident paytida mahalliy aholi uchrashuvga kelgan Farg‘ona viloyatining o‘sha paytdagi hokimi Shuhrat G‘aniyevni toshbo‘ron qilgan edi.

18 - mart kuni sud ommaviy tartibsizliklarda ayblangan 22 kishi ustidan hukm chiqardi. Ikki sudlanuvchiga 5 yillik qamoq jazosi, 20 sudlanuvchiga 5 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

Bundan 7 yil avval So‘x anklavidagi “Hushyor” qishlog‘i aholisi va Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi chegarachilar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar ortidan qirg‘iz rasmiylari O‘zbekistondan So‘x anklaviga boruvchi Rishton-So‘x avtomobil yo‘lini butunlay berkitib tashlagan edi. 2019 - yilda bu yo‘l 2 kunga ochilib, keyin yana yopilgan.

XS
SM
MD
LG